Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirlik tizimidagi xodimlarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish shartlari tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirlik tizimidagi xodimlarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish shartlari tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, uning tizimidagi agentlik hamda markazlar, hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalari xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish shartlari tasdiqlandi.

 

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, uning tizimidagi agentlik hamda markazlar, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish shartlari quyidagicha:

1.  O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan davlat organlari va tashkilotlaridagi ko‘p yillik xizmati uchun rag‘batlantiruvchi koeffitsientni hisobga olgan holda lavozim maoshiga belgilanadigan koeffitsientlarda quyidagi hajmda har oylik ustamalar to‘lanadi:

a) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, uning tizimidagi agentlik hamda markazlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari xodimlariga:

  • 1 yildan 3 yilgacha – 0,3;

  • 3 yildan 5 yilgacha – 0,6;

  • 5 yildan 10 yilgacha – 0,8;

  • 10 yildan 15 yilgacha – 1,0;

  • 15 yildan 20 yilgacha – 1,2;

  • 20 yildan yuqori – 1,5;

b) tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari xodimlariga:

  • 1 dan 3 yilgacha – 0,15;

  • 3 dan 5 yilgacha – 0,3;

  • 5 dan 10 yilgacha – 0,45;

  • 10 dan 15 yilgacha – 0,6;

  • 15 dan 20 yilgacha – 0,75;

  • 20 dan yuqori – 1,0.

 

 

 

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari xodimlariga (metodist xodimlardan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 yanvardagi “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ularning xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2722-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan har oylik ustamalar tatbiq etiladi.