2025-yil 7-mart kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yuk mashinasi 2-sinf oʻquvchisini urib yuborgan.
Viloyat YHXB xabariga koʻra, 8 yoshli qiz maktabdan chiqib, yoʻlni kesib oʻtayotganida 1992-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvidagi yuk mashinasi uni urib ketgan. Oqibatda ogʻir tan jarohati olgan qiz shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan masʼullar hodisa sodir boʻlgan “Darband” mahallasida boʻlib, bir qator ishlarni amalga oshirilgan. Hududda yoʻl infratuzilmasi, piyodalar oʻtish joylari bilan bogʻliq kamchiliklar mavjudligi aniqlanib, shu kunning oʻzida amaliy ishlar olib borilgan.
Boshqarma boshligʻining taʼkidlashicha, maktab yaqinidagi piyodalar oʻtish joyi qavariq (koʻtarma) qilib qayta taʼmirlanadi.
Ma’lum qilinishicha, marhuma oʻqigan maktab joylashgan mahallada ota-onalar ishtirokida yigʻilish oʻtkazilib, ularga voyaga yetmagan farzandlarini doim nazorat qilishlari xususida tushuntirish ishlari olib borilgan.
Xabarda haydovchi qo’lga olingani haqida maʼlumot yoʻq.

