Vazir jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan ustamaga nomzodlar test sinovlarida ishtirok etmasa nima boʻladi?

Vazir jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan ustamaga nomzodlar test sinovlarida ishtirok etmasa nima boʻladi?

2025-yil uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzod malakali pedagog kadrlarni saralash reglamentining 4.6-bandi:

 

Test sinovida test topshiruvchilar uzrli sababga (anomal ob-havo tufayli yoʻllarda harakatlanish cheklanganligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning test sinovi boshqa muddatga koʻchiriladi hamda vazirlik tomonidan belgilangan joyda markazlashgan holda oʻtkaziladi.