Prezident Shavkat Mirziyoyev “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 30-sentyabr kuni muloqot oʻtkazgandi. Shuningdek, muloqot davomida prezident endilikda attestatsiya sinovlarida 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarga qoʻshimcha 70 foiz ustama berish tizimi yo’lga qo’yilishini ta’kidlagandi.
Tahririyatimizga attestatsiyadan o’tgan pedagoglarga qachondan boshlab 70 foiz ustama berilishi va uning tartibi haqida bir qancha savollar kelib tushdi.
Mazkur holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmatining bilan bog’landik. Vazirlik matbuot kotibi Dilfuza Sobirovaning Talimxabarlari.uz ga ma’lum qilishicha, bu bo’yicha hali qaror chiqmagan va tarmoqlarda tarqalayotgan turli xabarlar aniq asosga ega emas.
Ma’lumot uchun, umrbod toifaga ega boʻlgan pedagoglar ham oʻz ixtiyorlariga koʻra, attestatsiyaning navbatdan tashqari turi boʻyicha ishtirok etib, 70 foizlik ustamaga da’vogarlik qilishlari mumkin.