Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-noyabrdagi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va «yashil” iqtisodiyot yili» deb eʼlon qilishni taklif qilgani va yigʻilganlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatlagani maʼlum qilingan edi.
Maʼlumot oʻrnida mustaqillikdan beri qoʻyilgan barcha yil nomlarini eʼtiboringizga havola qilamiz:
• 1991 — “Alisher Navoiy yili”.
• 1992 — “Hamshiralar yili”.
• 1993 — “Ahmad Yassaviy yili”.
• 1994 — “Mirzo Ulugʻbek yili”.
• 1995 — “Ibn Sino yili”.
• 1996 — “Amir Temur yili”.
• 1997 — “Inson manfaatlari yili”.
• 1998 — “Oila yili”.
• 1999 — “Ayollar yili”.
• 2000 — “Sogʻlom avlod yili”.
• 2001 — “Onalar va bolalar yili”.
• 2002 — “Qariyalarni qadrlash yili”.
• 2003 — “Obod mahalla yili”.
• 2004 — “Mehr-muruvvat yili”.
• 2005 — “Sihat-salomatlik yili”.
• 2006 — “Homiylar va shifokorlar yili”.
• 2007 — “Ijtimoiy himoya yili”.
• 2008 — “Yoshlar yili”.
• 2009 — “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”.
• 2010 — “Barkamol avlod yili”.
• 2011 — “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”.
• 2012 — “Mustahkam oila yili”.
• 2013 — “Obod turmush yili”.
• 2014 — “Sogʻlom bola yili”.
• 2015 — “Keksalarni eʼzozlash yili”.
• 2016 — “Sogʻlom ona va bola yili”.
• 2017 — “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”.
• 2018 — “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”.
• 2019 — “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”.
• 2020 — “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”.
• 2021- “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”.
• 2022 — “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”.
• 2023 — “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”.
• 2024-yil — “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”.
• 2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va «yashil” iqtisodiyot yili»