Davlat xavfsizlik akademiyasiga oʻqishga kirish uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi

Davlat xavfsizlik akademiyasiga oʻqishga kirish uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi

Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga o‘qishga kirish uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

 

2027-2028-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni dastlabki saralab olish bosqichi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yil 1-oktyabrdan 20-oktyabrgacha (shu kuni ham) onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

 

Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va nomzodlar mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishlari lozim.