Imtihonga tayyorlanishda nimalarga e’tibor berish kerak? Mutaxassis tavsiyalari

Imtihonga tayyorlanishda nimalarga e’tibor berish kerak? Mutaxassis tavsiyalari

O‘quvchilar va talabalarning katta qismi imtihonlarga oz fursat qolganda tayyorgarlikni boshlashadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Tadqiqotlarga ko’ra, bilimlarni uzoqroq muddat xotirada saqlash va imtihonlarda qiynalmaslikni bir nechta yo‘li bor.

  ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Imtihon oldidan bir necha soat davomida tinimsiz o‘qish, matnlarni qayta-qayta takrorlash va muhim joylarni marker bilan belgilash ko‘pchilik o‘quvchilarga tanish usullar.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunday yondashuv imtihondan o‘tishga yordam berishi mumkin, biroq mutaxassislarning ta’kidlashicha, bilimni uzoq muddat xotirada saqlash uchun samaraliroq usullar mavjud.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Kognitiv psixolog Puja K.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Agarvalning fikricha, odamlar odatda oson tuyulgan ma’lumotni osonroq eslab qolaman, deb o‘ylaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Aslida esa o‘rganish jarayonidagi kichik qiyinchiliklar ma’lumotni uzoqroq muddat eslab qolishga yordam beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Mashhur “o‘qish usullari”ning barchasi ham samarali emas

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qishni yaxshilashga yordam berishi aytiladigan turli usullar keng tarqalgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Masalan, dars qilayotganda saqich chaynash, efir moylaridan foydalanish yoki musiqa tinglash.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Puja K.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Agarval “Aqlli o‘qitish, samaraliroq o‘rganish: 10 nafar kognitiv olimdan amaliy tavsiyalar” kitobida bunday usullar o‘quvchining kayfiyatini yaxshilashi yoki uyg‘oq turishiga yordam berishi mumkinligini, ammo ular o‘rganish samaradorligini sezilarli darajada oshirishini tasdiqlovchi yetarli dalillar yo‘qligini ta’kidlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, matnni qayta-qayta o‘qish, muhim joylarni tagiga chizish va marker bilan belgilash ham qisqa muddatda foydali tuyulishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Biroq tadqiqotlar bunday usullar uzoq muddatli o‘zlashtirishda katta ustunlik bermasligini ko‘rsatadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumotni eslab ko‘rish — samarali usullardan biri

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘qishda samarali usullardan biri — “retrieval practice”, ya’ni o‘rganilgan ma’lumotni kitob yoki boshqa manbaga qaramasdan xotiradan qayta tiklashdir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Masalan, bir necha sahifani o‘qib bo‘lgach, kitobni yopish va o‘qilgan ma’lumotlardan nimalarni eslab qolganingizni yozib chiqish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunda ma’lumotni shunchaki qayta o‘qish emas, balki uni xotiradan topishga harakat qilish muhim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu jarayon miyadagi aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunday mashqni yozish orqali, boshqa odamga tushuntirish orqali yoki o‘z-o‘ziga savollar berish orqali bajarish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Faqat “men buni bilaman” deb o‘ylashning o‘zi yetarli emas — ma’lumotni haqiqatan ham xotiradan qayta tiklash kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘zingizni sinab ko‘ring

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Keyingi o‘qish mashg‘ulotini boshlashdan oldin bir daqiqa vaqt ajratib, avval nimalarni o‘rganganingizni eslashga harakat qilish ham foydali.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Agar imkon bo‘lsa, mavzu bo‘yicha esingizda qolgan barcha ma’lumotlarni qog‘ozga yozib chiqish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Mutaxassislar buni “brain dump”, ya’ni miyadagi ma’lumotlarni qog‘ozga tushirish usuli deb ataydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shundan so‘ng o‘zingizga quyidagi savollarni berishingiz mumkin:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

— Men uchun mavzuning qaysi qismi eng qiyin bo‘ldi?
— O‘rganganlarimning qanchasini eslab qolganman?
— Bilimimni 0 dan 100 gacha baholasam, necha ball bergan bo‘lardim?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bu usul insonning o‘z o‘rganish jarayonini tahlil qilishiga yordam beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bir kunda 3 soat emas, bir necha kunda 1 soatdan o‘qing

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘qishni bir kunga yig‘ib qo‘yishdan ko‘ra, uni bir necha kunga taqsimlash samaraliroq hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Masalan, juma kuni imtihon bo‘lsa, payshanba kuni uch soat davomida tayyorlanish o‘rniga dushanba, chorshanba va juma kunlari bir soatdan o‘qish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bir kechada uch soat o‘qish imtihondan o‘tishga yordam berishi mumkin, ammo o‘rganilgan ma’lumot tezroq unutilishi ehtimoli yuqori.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘qishni vaqt bo‘yicha taqsimlash esa bilimni uzoq muddat saqlab qolishga yordam beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Unutish ham o‘rganishning bir qismi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Unutishni “o‘qishdagi muvaffaqiyatsizlik” deb qabul qilmaslik kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ma’lumotning bir qismini esdan chiqarish tabiiy jarayon.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Asosiysi, vaqt o‘tib, o‘sha ma’lumotni yana xotiradan tiklashga harakat qilishdir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Aynan shu jarayon bilimni mustahkamlashga yordam beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Uyquni qurbon qilmang

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Yaxshi o‘rganish uchun faqat o‘qish usullariga e’tibor qaratish yetarli emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Yetarli uyqu ham xotirani mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘quvchilar imtihon oldidan tun bo‘yi uxlamay, dars qilishni ko‘pincha foydaliroq deb o‘ylashadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Aslida esa uyqu vaqtida kun davomida o‘rganilgan ma’lumotlar xotirada mustahkamlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu sababli imtihon oldidan tun bo‘yi uxlamasdan o‘qish samarali strategiya hisoblanmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Xulosa qilib aytganda, imtihonga tayyorlanishda ma’lumotni qayta-qayta o‘qishdan ko‘ra, uni xotiradan qayta tiklash, o‘qishni bir necha kunga taqsimlash, o‘z bilimini tekshirish va yetarlicha uxlash uzoq muddatli o‘zlashtirish uchun muhimroq.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, dunyodagi eng qimmat va nufuzli universitetlarda talabalar nimalarni o‘rganishi va ularning qancha kontrakt to’lashi haqida qiziqarli maqola tayyorlagan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠