“Eng yaxshi oliy ta’lim ixtirochisi” respublika tanlovi gʻoliblari ro‘yxati e’lon qilindi

“Eng yaxshi oliy ta’lim ixtirochisi” respublika tanlovi gʻoliblari ro‘yxati e’lon qilindi

“Eng yaxshi oliy ta’lim ixtirochisi” respublika tanlovi yakunlandi. Tanlovning 8 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 24 nafar g‘olib va sovrindor aniqlandi.

 

2026-yilning may oyidan boshlab oʻtkazilib kelingan “Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi” respublika tanlovi oʻz nihoyasiga yetib 8 ta ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha jami 24 nafar gʻolibi aniqlandi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2025-yilning 15-sentyabrida “Oʻqituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan sohani rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash maqsadida har yili “Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi” respublika tanlovini oʻtkazish belgilangan.

 

Tanlov uch bosqichda oʻtkazildi:

 

  • 1-bosqich – oliy taʼlim tashkilotlari miqyosida;
  • 2-bosqich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
  • 3-bosqich – respublika miqyosida.

 

Tanlovga quyidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha arizalar qabul qilindi:

 

– sunʼiy intellekt, dasturlash va axborot texnologiyalari;

– muhandislik, ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari;

– aniq va tabiiy fanlarga mansub taʼlim yoʻnalishlari;

– ekologiya va atrof-muhit muhofazasi;

– veterinariya va qishloq xoʻjaligi (shu jumladan, baliqchilik va oʻrmonchilik);

– sogʻliqni saqlash, tibbiyot va mehnat muhofazasi;

– arxitektura va qurilish;

– transport va logistika xizmatlari.

 

Bunda 8 ta ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha 1 nafardan 1-oʻrin, 1 nafardan 2-oʻrin va 1 nafardan 3-oʻrin, jami 24 nafar gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.

 

Maʼlumot uchun: Tanlovning 3-bosqichiga (respublika) jami 47 ta ariza tavsiya etilgan.

 

Tanlov gʻoliblari ro‘yxati — Faylni yuklash