Joriy yilning 4-dekabr kuni Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman boʻlimi mutaxassislari tomonidan yillik reja jadval asosida belgilangan tartibda 295-sonli umumtaʼlim maktabida sanitariya nazorati olib borilgan. Bu haqda Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qilgan.
Nazorat davomida quyidagi holatlar aniqlangan:
➖maktabda tozalash ishlarining sifatsiz olib borilgan;
➖sinf xonalarining sunʼiy yorituvchi lampalar bilan toʻliq taʼminlanmagan;
➖sinf xonalarida oʻquvchilarning fiziometrik holatidan kelib chiqib partalarning joylashtirilmagan;
➖dars jadvali tuzishda fanlar ogʻirligining inobatga olinmagan;
➖brakeraj komissiyasining ish faoliyati yoʻlga qoʻyilmagan;
➖maktab oshxonasida taqiqlangan mahsulotlar savdosi yoʻlga qoʻyilgan;
➖jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini oʻquvchilarning salomatlik holati boʻyicha guruhlarga ajratilmagan.
Ma’lum qilinishicha, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maktab rahbariga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
