Har bir tuman(shahar)dagi bitta maktab negizida “Jasorat maktabi” tashkil etiladi 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻquvchi yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida, 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab har bir tuman (shahar)dagi bitta umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Jasorat maktabi” tashkil etiladi.

 

Ushbu maktablar matematika, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika va CHQBT kabi ixtisoslik fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi. Oʻquvchilarni saralash beshinchi sinfdan boshlab amalga oshiriladi.

 

Qarorda belgilanganidek, 2025-yil 1-iyundan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi “Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari – harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari” lavozimi bekor qilinadi va bu lavozimdagi shtat birliklari Mudofaa vazirligiga oʻtkaziladi.

 

Shu bilan birga, yangi tashkil etilgan CHQBT rahbari lavozimi joriy etilib, ularning mehnat shartlari va ragʻbatlantirish tizimi belgilab qoʻyiladi. CHQBT rahbarlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi Farmoniga muvofiq, bir martalik boshlangʻich yordam puli va har oylik uy-joy ijara kompensatsiyasi toʻlanadi.

 

Shuningdek, 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab har bir yangi taʼlim muassasasi uchun bir shtat birligi CHQBT rahbari lavozimi qoʻshiladi.

 

2026-2027-oʻquv yilidan esa Toshkent davlat pedagogika universiteti, Fargʻona davlat universiteti va Buxoro davlat pedagogika institutlarining “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul kvotalari ajratiladi.

 

Bundan tashqari, harbiy poligonlarda oʻquvchilar ikki marta, harbiy qismlarda esa har chorakda amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi.

 

Qarorning toʻliq matni bilan quyida tanishish mumkin.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры