9-sinflar uchun O‘zbekiston tarixi fanidan tushadigan test variantlar e’lon qilindi

9-sinflar uchun O‘zbekiston tarixi fanidan tushadigan test variantlar e’lon qilindi

Xabaringiz bor, jadval bo’yicha 8-iyun kuni 9-sinf bitiruvchilari uchun O‘zbekiston tarixi fanidan yakuniy davlat imtihoni bo‘lib o‘tadi.

 

9-sinf bitiruvchilari uchun O‘zbekiston tarixi fanidan oʻtkaziladigan test variantlarini aniqlash boʻyicha qurʼa tashlandi.

 

Bunda oʻquvchilar 8-iyun kuni 1 va 8-variantlar asosida imtihon topshirishlari maʼlum boʻldi.

 

Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.

 

9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan metodik materiallar — Faylni yuklash

 

Avvalroq, 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi tartibi haqida xabar berilgandi.