Pokistonda sifatsiz qurilish oqibatida maktab tomi quladi, 18 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda sifatsiz qurilish oqibatida maktab tomi quladi, 18 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning shimoli-g‘arbida joylashgan Peshavar shahridagi xususiy maktab tomi qulab tushdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlar va jiddiy jarohatlanganlar bor.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Associated Press (AP) agentligining xabar berishicha, hodisa payshanba kuni Xaybar-Paxtunxva viloyati markazi Peshavarda sodir bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Viloyat favqulodda vaziyatlar xizmati matbuot kotibi Bilol Fayziyning ma’lum qilishicha, bir nechta bola vayronalar ostida qolib ketgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Qutqaruvchilar ularni olib chiqish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun hodisa joyida ish olib borgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hodisa oqibatida 17 ta o‘quvchi va bitta o‘qituvchi halok bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘ttizdan ortiq kishi jarohatlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shifoxona vakili Muhammad Osim ham qurbonlar va jarohatlanganlar borligini tasdiqlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim jabrlanganlarning ahvoli og‘ir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Pokistonda binolarning qulab tushishi bilan bog‘liq hodisalar vaqti-vaqti bilan kuzatiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunga qurilish me’yorlariga rioya etilmasligi, sifatsiz materiallardan foydalanish hamda xavfsizlik talablarining yetarlicha nazorat qilinmasligi sabab bo‘lishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Istanbulda kuchli yomg‘ir: maktablarda darslar bekor qilingani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠