Ertaga 4 ta fandan milliy sertifikat imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish boshlanadi

Ertaga 4 ta fandan milliy sertifikat imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish boshlanadi

16-oktyabrdan 30-oktyabrga qadar matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonida qatnashish uchun ariza berish boshlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Milliy sertifikat imtihonlarida qatnashish uchun talabgorlar soniga limit belgilangan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bilim va malakalarni baholash agentligi taqdim etgan jadvalga koʻra, 4: kimyo, biologiya, fizika va matematika fanlaridan noyabr oyida boʻlib oʻtadigan milliy sertifikat imtihonida qatnashish uchun arizalar qabuli 16-oktyabrdan 30-oktyabrgacha davom etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Toʻlov qilishning oxirgi muddati esa 31-oktyabrgacha (shu kuni ham) etib belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Vaqtida toʻlovni amalga oshirmagan talabgorlarning arizasi bekor qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bekor qilingan arizalar hisobiga boʻsh qolgan oʻrinlar uchun yana ariza berish boshlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Maʼlumot uchun, geografiya, ona tili va adabiyot va tarix fanlaridan oktyabr oyida oʻtkaziladigan imtihonlar uchun arizalar 18-sentyabrdan 2-oktyabrga qadar etib belgilangan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Limit belgilangani hisobiga joylar 18-sentyabr kunning oʻzidayoq toʻlib qolgan va ariza berish yopilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

4-oktyabr kuni toʻlov qilinmagan arizalar bekor qilinib, boʻsh qolgan oʻrinlar uchun ariza berish qayta ochildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠