Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi universitet va maktab faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi universitet va maktab faoliyati bilan tanishdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiyaning Istanbul shahrida Ibn Xaldun universiteti va “Yenidoğu” maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va o‘quvchilar, talabalar hamda pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

 

Bugun, 15-oktyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan birgalikda Istanbuldagi Ibn Xaldun universiteti va “Yenidoğu” maktabiga tashrif buyurdi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

 

Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi universitet va maktab faoliyati bilan tanishdi

 

Saida Mirziyoyeva tashrif davomida mazkur taʼlim muassasalaridagi oʻqitish usullari va yondashuvlari unda katta qiziqish uygʻotganini taʼkidlagan.

 

“Bu yerda ta’lim sifatiga, yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish va ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan”, — deya yozadi Saida Mirziyoyeva telegram kanalida.

 

Tashrif davomida ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda maktab o‘quvchilari, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi universitet va maktab faoliyati bilan tanishdi

 

Saida Mirziyoyeva ta’lim sohasi O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlagan.

 

“Mazkur yo‘nalishdagi hamkorligimiz yoshlarning o‘qib-o‘rganishi, dunyoqarashi o‘sishi hamda bir-birini yanada yaqindan tanishiga xizmat qiladi”, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

 

Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi universitet va maktab faoliyati bilan tanishdi

 

Ma’lumot uchun, Ibn Xaldun universiteti 2015-yilda tashkil etilgan xususiy oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, gumanitar va ijtimoiy fanlarga alohida e’tibor qaratadi. “Yenidoğu” maktabi esa maktabgacha ta’limdan yuqori sinflargacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab oladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashgan edi. Muloqot davomida O‘zbekiston va BMT institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.