“Jadidlar izidan” tanlovida ishtirok etish uchun arizalar 15-oktyabrgacha qabul qilinadi

“Jadidlar izidan” tanlovida ishtirok etish uchun arizalar 15-oktyabrgacha qabul qilinadi

“Jadidlar izidan” respublika tanlovining uchinchi mavsumida qatnashish uchun 129 283 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tgan. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 15-oktyabrgacha qabul qilinadi.

 

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak” markazi tomonidan o‘tkaziladigan “Jadidlar izidan” respublika ko‘rik-tanlovining uchinchi mavsumi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlangan.

 

5-oktyabr holatiga “Jadidlar izidan” respublika tanlovida ishtirok etish uchun 129 283 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

 

Tanlovda davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 6–10-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin. O‘quvchilar 6–7–8-sinflar hamda 9–10-sinflar bo‘yicha ikki toifaga ajratiladi.

 

Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:

 

— tuman (shahar) bosqichi — oktyabr oyida;
— hududiy bosqich — noyabr oyida;
— respublika bosqichi — dekabr oyida.

 

Respublika bosqichida har ikki toifa bo‘yicha eng yuqori natija qayd etgan jami 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatlarga ta’lim sayohatiga yuboriladi. Shuningdek, ular oliy ta’lim muassasalarining kasbiy (ijodiy) imtihonida soha bo‘yicha eng yuqori ball olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 15-oktyabrgacha qabul qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish jadidlarizidan.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

 

Ro‘yxatdan o‘tish:

 

— 6–8-sinf — havola;
— 9–10-sinf — havola.

 

Tanlovning to‘liq shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Jadidlar izidan” tanlovining yangi mavsumi uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilinganligi haqida xabar berilgan edi.