Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer maktab o‘quvchisiga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlar qilganlikda gumonlanib ushlandi

Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer maktab o‘quvchisiga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlar qilganlikda gumonlanib ushlandi

Tokioda 45 yoshli o‘zbekistonlik oziq-ovqat kuryeri buyurtma yetkazish uchun borgan xonadonda 10 yosh atrofidagi qizga nisbatan nomaqbul xatti-harakat sodir etganlikda gumonlanib hibsga olindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, u aybini tan olgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Jiji Press nashrining yozishicha, Tokio politsiyasi boshlang‘ich maktab o‘quvchisiga nisbatan nomaqbul xatti-harakat sodir etganlikda gumon qilinayotgan 45 yoshli o‘zbekistonlik oziq-ovqat yetkazib berish xodimini hibsga olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Izoh: Yaponiyada 6–12 yosh atrofidagi o‘quvchilar boshlang‘ich maktabda tahsil oladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Metropoliten politsiya boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, Tokioning Shinagava tumanida yashovchi M.D.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ joriy yil 5-iyul kuni soat taxminan 17:00 da Yaponiya poytaxtining Setagaya tumanidagi xonadonlardan birida 10 yosh yoki undan katta deyilayotgan qizni quchoqlab, o‘pgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hodisa vaqtida qiz uyda yolg‘iz bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Gumonlanayotgan erkak esa qizning ota-onasi buyurtma qilgan oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish uchun xonadonga kelgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ta’kidlanishicha, oziq-ovqatni yetkazib berish vaqtida qiz eshikni ochgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shundan so‘ng erkak unga nisbatan nomaqbul xatti-harakat sodir etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Voqeadan keyin qiz politsiyaga favqulodda qo‘ng‘iroq qilib, yuz bergan holat haqida xabar bergan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, gumondor shaxs o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni tan olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ U qizni “o‘ziga yoqadigan tip” deb bilgani sababli o‘zini tiya olmaganini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, O‘zbekistonda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonliklar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi Senat tomonidan ma’qullangani haqida xabar berilgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠