Yil davomida vazirlik tizimiga kelgan 17 306 ta murojaat ijobiy hal etilgan — Vazirlik

Yil davomida vazirlik tizimiga kelgan 17 306 ta murojaat ijobiy hal etilgan — Vazirlik

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan brifing o‘tkazildi. Unda joriy yil davomida vazirlik tizimiga kelib tushgan 36 650 ta murojaat, ularning 17 306 tasi ijobiy hal etilgani hamda 16 mingga yaqin murojaat yuzasidan huquqiy va boshqa tushuntirishlar berilgani ma’lum qilindi.

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil davomida vazirlik tizimiga jami 36 650 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 17 306 tasi ijobiy hal etilgan, qariyb 16 mingta murojaat bo‘yicha huquqiy va boshqa turdagi tushuntirishlar berilgan.

 

2026-yilning o‘tgan davri davomida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi fuqarolar qabulxonasiga 5 328 nafar fuqaro og‘zaki murojaat bilan kelgan.

 

2026-yil 1-sentyabr holati

Hudud Murojaatlar soni
1 Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1 867
2 Andijon viloyati 2 417
3 Buxoro viloyati 1 780
4 Jizzax viloyati 1 568
5 Qashqadaryo viloyati 4 216
6 Namangan viloyati 1 954
7 Navoiy viloyati 1 887
8 Samarqand viloyati 3 358
9 Surxondaryo viloyati 4 004
10 Sirdaryo viloyati 1 074
11 Toshkent viloyati 3 332
12 Farg‘ona viloyati 2 674
13 Xorazm viloyati 1 538
14 Toshkent shahri 4 981
Jami 36 650

 

Murojaatlarning asosiy qismi:

 

  • taʼlim sohasi xodimlari kasbiy faoliyati;
  • bolalarni maktabgacha taʼlim tashkiloti yoki umumtaʼlim maktablariga joylashtirish;
  • maktab faoliyati;
  • xodimning ishga kirishi yoki oʻz ish oʻrniga tiklanishi;
  • ish haqi, ustama va qoʻshimcha toʻlovlarni hisoblash.

 

Vazirlik rahbariyati vakillari tomonidan hududlarda 17 ta sayyor qabul tashkil etilgan bo‘lib, 521 nafar fuqaroning murojaatlari yuzma-yuz qabul qilingan. Xususan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan Farg‘ona, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Namangan, Jizzax va Samarqand viloyatlarida aholi uchun sayyor qabullar o‘tkazilgan.

 

Mazkur qabullar davomida kelib tushgan murojaatlardan 318 tasi joyida ijobiy hal qilingan, 203 tasi bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berilgan.

 

Ta’kidlanishicha, joylarda vazirlikning hududiy bo‘linmalari rahbarlari tomonidan ham doimiy sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida o‘tkazilgan sayyor qabullarda 4 600 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilgan.

 

Bundan tashqari, Vazirlik rahbariyati tomonidan tadbirkorlar bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlarda sohadagi xususiy sektor ulushini oshirish hamda bunda tadbirkorlar oldida turgan hamda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar atroflicha hal etib borilayotgani ma’lum qilindi.

 

Fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularning savollariga tezkorlik bilan javob berish maqsadida tashkil etilgan vazirlikning Ishonch telefoni (71-202-09-09) orqali ham fuqarolarning 42 mingdan ortiq telefon qoʻngʻiroqlariga tezkor javob berilgan.

 

Murojaatlarni ko‘rib chiqish holati yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalariga ko‘ra, murojaatlar bilan ishlashda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ul xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy ta’sir choralari ko‘rilmoqda.

 

Shuningdek, tizimdagi korrupsiyaviy holatlar boʻyicha murojaat qilish uchun @mmtv_anticorbot maxsus telegram-boti, ishga joylashish va boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha ish.uzedu.uz, vacancy.argos.uz elektron platformalaridan foydalanish mumkin.