“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga 2027/2028-o‘quv yili uchun qabul boshlandi

“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga 2027/2028-o‘quv yili uchun qabul boshlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga 2027/2028-o‘quv yili uchun qabul e’lon qilindi. Nomzodlar 2026-yil 5-sentyabrdan 5-oktyabrgacha joylardagi DXX Chegara qo‘shinlari harbiy qismlari orqali ariza topshirishi mumkin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi 2027-2028 o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi.

 

Amaldagi tartibga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga umumtaʼlim maktablarining joriy o‘quv yilida 9-sinfini o‘qiyotgan, sogʻligʻining holatiga koʻra oʻqishga yaroqli deb topilgan hamda haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga asoslangan saralash tanlovidan muvaffaqiyatli oʻtgan, erkak jinsli Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari oʻqishga qabul qilinadi.

 

Harbiy-akademik litseyda 4 ta kafedra mavjud. Bular:

 

  • ijtimoiy-gumanitar fanlar ;
  • tillar;
  • aniq va tabiiy fanlar;
  • kasbiy va amaliy fanlar.

 

Litsey aniq va tabiiy fanlar hamda ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlariga ixtisoslashgan bo‘lib, matematika, fizika, davlat va huquq asoslari, xorijiy fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladi. Ushbu ta’lim maskanining har bir sinfxonasida dars jarayonini yuqori texnologiyalar vositasida tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Elektron aqlli doska, zamonaviy kompyuter yana boshqa yangi texnologiyalar har bir pedagog va o‘quvchidan yangicha bilim hamda tafakkurga ega bo‘lish ustida doimiy ishlashni talab etadi.

 

Litseyda ingliz tili, fors, pushtu, dariy tillari ham o‘rgatiladi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga oʻqishga qabul qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikatning B2 va undan yuqori darajasiga ega boʻlgan nomzodlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan eng yuqori ball beriladi.

 

Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha A+, A darajali milliy sertifikatga ega boʻlgan nomzodlarga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarida ushbu fanlardan belgilangan eng yuqori ball beriladi.

 

B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan nomzodlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish test sinovlarida ushbu fanlardan belgilangan eng yuqori ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

 

Milliy yoki xalqaro sertifikatning imtiyozi ushbu sertifikatlarning amal qilish muddati davrida saqlanib qolinadi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga bitiruvchilariga oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarining 30 foizi miqdorida, respublikaning boshqa davlat OTM ga o‘qishga kirishda o‘zlari to‘plagan ballarining 15 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi, shuningdek bitiruvchilarga “B” va “C” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘ladi.

 

Ushbu litseyni imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga tarkibida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga bo‘lgan vazirlik va idoralarning tegishlilik bo‘yicha oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlariga test sinovlarisiz harbiy kasbiy saralash tadbirlarini muvaffaqiyatli o‘tish natijalari bo‘yicha kirish huquqi beriladi.

 

Avvalroq, “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga 2027/2028-o‘quv yili uchun qabul boshlangani haqida xabar bergan edik.