Oliy ma’lumotga ega shaxslarni texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha kasbiy qayta tayyorlash tartibi belgilandi

Oliy ma’lumotga ega shaxslarni texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha kasbiy qayta tayyorlash tartibi belgilandi

Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash tartibi belgilandi.

 

Hukumatning 2026-yil 7-sentyabrdagi 472-son qarori bilan “Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya yoʻnalishi boʻyicha kasbiy qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga koʻra, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti tomonidan qayta tayyorlash kurslari har yili yilning boshida qayta tayyorlash kurslarini oʻtkazish boʻyicha ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan reja-jadval asosida tashkil etiladi.

 

Buyurtmachi qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish uchun onlayn tarzda (Institutning rasmiy veb-sayti yoki Edu.tris.uz platformasi orqali) yoki bevosita Institutga ariza bilan yozma murojaat qiladi.

 

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

 

  • qayta tayyorlash kurslarida oʻqish uchun buyurtmachining belgilangan shakl boʻyicha anketasi;
  • buyurtmachi xorijiy davlatlarda taʼlim olgan boʻlsa, xorijiy davlatlarda taʼlim olganligini tasdiqlovchi hujjatning va vakolatli davlat organi tomonidan berilgan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatning tan olingani yoki ekvivalentligi qayd etilgan guvohnoma nusxasi;
  • ish joyidan tavsifnoma.

 

Arizalar 2 kun muddatda koʻrib chiqilib, buyurtmachi bilan qonunchilikda belgilangan tartibda shartnoma rasmiylashtiriladi.

 

Institutda qayta tayyorlash kurslari tinglovchining asosiy ish joyidan ajralgan yoki ajralmagan holda qayta tayyorlash shakllarida (anʼanaviy, masofaviy) tashkil etiladi.

 

Avvalroq, maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi xodimlarning yangi bazaviy tarif stavkalari tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.