2026-yil 1-sentyabrdan maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi xodimlarining bazaviy tarif stavkalari yangi miqdorlarda belgilanadi.
Xabaringiz bor, Prezidentning 2026-yil 23-iyundagi farmoniga muvofiq, 1-sentabrdan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalari 7 foizga oshirilgan, bazaviy hisoblash miqdori esa 440 ming so‘m etib belgilangan.
Shu munosabat bilan maktab va qo‘shma ta’lim, madaniyat va sport muassasalari, davlat maktabgacha ta’limi tizimi rahbar, pedagog va boshqa hodimlari, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati hamda maxsus ta’mirlash-ekspluatatsiya xizmati xodimlari uchun yangi bazaviy tarif stavkalari tasdiqlandi.
To‘liq fayl bilan tanishish — Faylni yuklash
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari xodimlarining yangi bazaviy tarif stavkalari tasdiqlangan edi.






