Ta’lim sohasi xodimlariga avgust oyining ikkinchi yarmi uchun qancha ish haqi to‘landi?

Ta’lim sohasi xodimlariga avgust oyining ikkinchi yarmi uchun qancha ish haqi to‘landi?

Ta’lim tizimi xodimlariga 2026-yil avgust oyining ikkinchi yarmi uchun jami 3 127,6 mlrd so‘m ish haqi to‘lovlari amalga oshirilgan. Ushbu mablag‘ning 2 428,9 mlrd so‘mi maktab ta’limi, 642,7 mlrd so‘mi maktabgacha ta’lim va 56 mlrd so‘mi oliy ta’lim xodimlariga to‘g‘ri keladi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, budjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarga 2026-yil avgust oyining ikkinchi yarmi uchun jami 8 204,0 mlrd so‘m ish haqi to‘lab berilgan.

 

Shundan 3 127,6 mlrd so‘mi ta’lim sohasi xodimlariga to‘g‘ri keladi. Xususan, maktab ta’limi uchun 2 428,9 mlrd so‘m, maktabgacha ta’lim uchun 642,7 mlrd so‘m va oliy ta’lim uchun 56 mlrd so‘m ajratilgan.

 

Hududlar kesimida eng ko‘p mablag‘ Toshkent shahriga, Samarqand viloyatiga va Farg‘ona viloyatiga to‘g‘ri kelgan.

 

To‘lovlar budjet tashkilotlari tomonidan yakuniy hisob-kitoblar bo‘yicha taqdim etilgan so‘rovnomalarga asosan amalga oshirilgan.

 

Ta’lim sohasi xodimlariga avgust oyining ikkinchi yarmi uchun qancha ish haqi to‘landi?

 

Avvalroq, 1-sentyabrdan ish haqi va stipendiyalar 7 foizga oshirilishi haqida xabar berilgan edi.