“Open budjet”ga majburiy jalb qilingan xodimlar murojaat yuborishlari mumkin

“Open budjet”ga majburiy jalb qilingan xodimlar murojaat yuborishlari mumkin

Davlat mehnat inspeksiyasi byudjet tashkilotlarida faoliyat yurituvchi xodimlarni “Open budjet”da majburiy ovoz berish yoki ovoz yig‘ishga jalb qilish holatlari bo‘yicha ogohlantirdi.

 

Inspeksiya ma’lumotiga ko‘ra, xodimlarni bunday faoliyatga majburiy tarzda jalb qilish mehnat qonunchiligiga zid hisoblanadi.

 

Bunday vaziyatga duch kelgan xodimlar o‘z murojaatlarini 1176 qisqa raqami orqali Davlat mehnat inspeksiyasiga yetkazishi mumkin.

 

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasiga muvofiq, mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

 

Davlat mehnat inspeksiyasi ish beruvchilarni xodimlarni majburiy ravishda ovoz yig‘ish yoki ovoz berishga jalb qilmaslikka chaqirdi.

 

Agar bunday holat aniqlansa, loyiha “Tashabbusli budjet” jarayonidan chetlatilishi, mas’ul shaxslar esa belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi ta’lim muassasalari rahbarlari mehnat ta’tilidan roziligisiz ishga chaqirilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan esa viloyat MMTB rasmiy munosabat bildirgan edi.