“ChatGPT” 2026-yilning birinchi yarmida 5,3 milliarddan ortiq veb-tashrif bilan sun’iy intellekt vositalari orasida eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. “Gemini” va “Claude” TOP-3 talikdan joy oldi.
2026-yil iyun oyi yakunlariga ko‘ra, veb-tashriflar asosida dunyodagi eng ommabop 15 ta sun’iy intellekt vositasi reytingi tuzildi. Unda “ChatGPT” 5,32 milliard tashrif bilan mutlaq yetakchilikni egallagan.
Reyting “AITools.xyz” tomonidan “SEMrush” va “Ahrefs” ma’lumotlari asosida tayyorlangan. Unda faqat veb-saytlarga amalga oshirilgan tashriflar hisobga olingan bo‘lib, mobil ilovalar va API orqali foydalanish statistikasi kiritilmagan.
Reytingning TOP-3 taligi quyidagicha:
ChatGPT (AQSH) — 5,32 milliard;
Gemini (AQSH) — 1,14 milliard;
Claude (AQSH) — 967,91 million.
Keyingi o‘rinlarni Canva — 759,76 million, Google Translate — 343,02 million va DeepSeek — 318,81 million tashrif bilan egallagan.
To‘liq ro‘yxat:
| Reyting | SI vositasi | Mamlakat | Oylik veb-tashriflar (2026-yil iyun) |
|---|---|---|---|
| 1 | ChatGPT | AQSH | 5 320 000 000 |
| 2 | Gemini | AQSH | 1 140 000 000 |
| 3 | Claude | AQSH | 967 910 000 |
| 4 | Canva | Avstraliya | 759 760 000 |
| 5 | Google Translate | AQSH | 343 020 000 |
| 6 | DeepSeek | Xitoy | 318 810 000 |
| 7 | Grok | AQSH | 189 890 000 |
| 8 | JanitorAI | AQSH | 173 170 000 |
| 9 | Character AI | AQSH | 165 460 000 |
| 10 | Perplexity | AQSH | 140 700 000 |
| 11 | Magnific (Freepik) | Ispaniya | 116 840 000 |
| 12 | Notion | AQSH | 110 640 000 |
| 13 | Zoom | AQSH | 96 240 000 |
| 14 | Microsoft Copilot | AQSH | 92 720 000 |
| 15 | Suno | AQSH | 81 840 000 |
Reytingdagi dastlabki 15 ta vositaning umumiy veb-tashriflari orasida “ChatGPT” ulushi qariyb 53 foizni tashkil etadi.
Shuningdek, reytingda AQSH kompaniyalarining ustunligi kuzatiladi. 15 ta vositaning 12 tasi AQSH kompaniyalari tegishli. AQSHdan tashqaridagi eng yuqori natija “Canva”ga tegishli bo‘lib, u 759,76 million tashrif bilan 4-o‘rinni egallagan.
Xitoyning “DeepSeek” platformasi 318,81 million tashrif bilan 6-o‘rinda, Ispaniyaning “Magnific (Freepik)” vositasi esa 116,84 million tashrif bilan 11-o‘rinda qayd etilgan.
Virtual personajlar bilan muloqot qilishga mo‘ljallangan “JanitorAI” va “Character AI” ham reytingning yuqori qismidan joy olgan. Ularning iyun oyidagi umumiy veb-tashriflari qariyb 339 millionni tashkil qilgan.
Shuningdek, “Google” reytingda ikkita vositasi — “Gemini” va “Google Translate” bilan, “Microsoft” esa “Microsoft Copilot” bilan qayd etilgan.
Avvalroq, o‘qituvchilar uchun ta’limni yaxshilashga qaratilgan eng yaxshi 12 ta sun’iy intellekt haqida ma’lumot berilgandi.
