Kasbiy ta’limda o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash tartibi belgilandi

Kasbiy ta’limda o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash tartibi belgilandi

“Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish” tartibi tasdiqlandi.

 

2026-yil 20-avgustdagi 450-son Hukumat qarori bilan kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash tartibi belgilandi.

 

Unga ko‘ra, talabgorlar har yili 1-avgustdan 20-avgust sanasigacha, Davlat xizmatlari markazi yoki “my.gov.uz” portali orqali murojaat qilishi mumkin.

 

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarga ko’chirish uchun esa arizalar 28-dekabrdan 17-yanvarga qadar qabul qilinadi.

 

Ariza topshirish muddati tugagach, vakolatli organ murojaatni 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.

 

Shuningdek, boshqa ta’lim shaklidan o‘qishni ko’chirish hamda 10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarning dual ta‘lim shakliga ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

 

Agar, xulosada noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlansa ariza beruvchi 15 kun ichida qayta murojaat qilishi mumkin.

 

Avvalroq, Toshkent shahridagi davlat OTMlarida yangi o’quv yilidan darslar ertalabdi 08:00 da boshlanishi haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish