Milliy va chet tili sertifikat imtihonlari bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkaziladi — BMBA

Milliy va chet tili sertifikat imtihonlari bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkaziladi — BMBA

Bilim va malakalarni baholash agentligi abituriyentlar uchun sertifikatlash tizimini kengaytirish va imtihonlarni elektron shaklga o‘tkazish ustida ish olib bormoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda 17-avgust kuni 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga qabulning yakuniy natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xabaringiz bor, joriy yil 17-avgust kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi ishtirokida 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga qabulning yakuniy natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Unda BMBA direktori o‘rinbosari Farhod Mirzayevning Talimxabarlari.uz muxbiriga abituriyentlar uchun sertifikatlash tizimini yanada ko‘proq amaliyotga joriy etish rejalashtirilayotganini ta’kidladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Agentlik direktori o‘rinbosarining qayd etishicha, sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarda imtihon jarayonidagi stress darajasi nisbatan kamaygan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu yilgi qabul natijalari ham sertifikatga ega abituriyentlar uchun juda yaxshi imkoniyat bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ayrim abituriyentlar orasida 3 ta, 4 ta yoki 5 ta sertifikatga ega bo‘lganlar ham bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yoki shu 1 ta majburiy fandan topshirganlar ham yuqori stressga tushmadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Chunki abituriyentlarda ishonch bor, sertifikatga ega, to‘plagan ballini biladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ ‘Bu fandagi sertifikatim shu yo‘nalishlarga o‘tadi’, degan o‘ziga ishonch hosil bo‘ldi, — dedi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu bilan birga, sertifikat imtihonlari tizimida ayrim o‘zgarishlar bo‘lishi qayd etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

BMBA departament boshlig‘i Javlonbek Nurmatovning ta’kidlashicha, milliy sertifikatlarini bosqichma-bosqich elektron shaklda o‘tkazish reja qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dastlabki qadamlarni 2-yarimyillik grafigi e’lon qilinganda qo‘shimcha xabar beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Talabgorlar miqdori kam bo‘lgan imtihonlarni to‘liq elektron shaklda bosqichma-bosqich o‘tkazish rejalashtirilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Farhod Mirzayevning so‘zlariga ko‘ra, agentlik tomonidan 50 dan ortiq test sinovlari o‘tkazilayotgan bo‘lsa shundan 30 foizdan ortiqrog‘ini elektron shaklda tashkil etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Asosiy maqsadimiz — katta testlardan voz kechish.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yaqinda ikkinchi yarim yillik jadvalni e’lon qilamiz, shu o‘rinda, ko‘proq imtihonlarimizni bosqichma-bosqich elektron formatga o‘tkazish ustida ish olib boryapmiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hozirda ikkita umumta’lim fanidan sertifikat imtihonlarini elektron shaklda o‘tkazyapmiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, CEFR bo‘yicha nemis va fransuz tillari imtihonlarini ham elektron shaklga o‘tkazish masalasi rejalashtirilgan, — dedi BMBA direktori o‘rinbosari.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, mazkur matbuot anjumanida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar uchun davlat OTMlarida qolgan vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov o‘tkazilishi yuzasidan ham ma’lumot berilgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, sertifikati bor abituriyentlarga maksimal ball berish mexanizmi qayta ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠