Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha avgust oyida bo‘lib o‘tadigan imtihon sanalari e’lon qilindi.
Avvalroq, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan avgust oyida ingliz, nemis, fransuz, turk va arab tillari boʻyicha malaka imtihonlari 24–25-avgust kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgani haqida xabar bergan edik.
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha avgust oyida bo‘lib o‘tadigan imtihon sanalari tasdiqlandi. Unga ko‘ra:
- imtihonning yozma qismi — 24-avgust kuni;
- gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi — 25-avgustdan 4-sentyabrgacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi.
Talabgorlar my.gov.uz saytining «Mening arizalarim» bo‘limidan ruxsatnomani yuklab olishlari va undan imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini bilishlari olishlari mumkin.
Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim. Talabgorlarni imtihon o‘tkaziladigan binoga kiritish imtihon boshlanishidan 30 daqiqa oldin yakunlanadi.
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya):
Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi.
Manzil: Nukus shahri Janabazar MFY “Nukus To‘rtko‘l” avtomagistrali shossesi 53/2-uy.
Mo‘ljal: Janubiy avtovokzal.
Joylashuvi (geolokatsiya):
Andijon viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Andijon viloyati bo‘limi.
Manzil: Andijon shahri Universitet ko‘chasi 129-“A” uy.
Mo‘ljal: Andijon davlat universiteti yonida.
Joylashuvi (geolokatsiya):
Namangan viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilimni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosi.
Manzil: Namangan shahri Davlatobod tumani Yuksalish mavzesi “Tadbirkor” MFY Yoshlik ko‘chasi 92-uy.
Mo‘ljal: 16 qavatli uy yonida.
Joylashuvi (geolokatsiya):
Farg‘ona viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Fargʻona viloyati bo‘limi binosi.
Manzili: Farg‘ona shahri “Ilg‘or” MFY Farovon turmush ko’chasi 422/3-uy (“EKO shahar”)
Joylashuvi (geolokatsiya):
Buxoro viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilimni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi binosi.
Manzil: Buxoro tumani “Bog‘idasht” MFY.
Mo‘ljal: Buxoro shahri 7-kichik tuman 43-maktab orqa tomoni.
Joylashuvi (geolokatsiya):
Xorazm viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilimni baholash agentligining Xorazm viloyatidagi binosi.
Manzili: Urgаnсh tumani Yuqоri Dо‘rmаn “Yuqoriovul” MFY O‘zbekiston shohko‘chasi 2/2-uy.
Mo‘ljal: Urganch tumanidagi 48-maktab yonida.
Joylashuvi (geolokatsiya):
Surxondaryo viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Surxondaryo viloyati bo‘limi binosi.
Manzili: Termiz shahri “Tinchlik” mahallasi Shodiyona ko‘chasi 1A-uy.
Mo‘ljal: Termiz shahar yoshlar, sanoat va tadbirkorlik zonasi yoni.
Joylashuvi (geolokatsiya):
Qashqadaryo viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Qashqadaryo viloyat bo‘limi binosi.
Manzili: Qarshi shahri “Buyuk Turon” MFY Buyuk Turon (Maxtumquli) ko‘chasi 10-v-uyi.
Mo‘ljal: Qarshi xalqaro aeroport yo‘li “Smart” telivizor zavodi yonida.
Joylashuvi (geolokatsiya):
Jizzax viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Jizzax viloyati bo‘limining yangi binosi (Sayxandagi “Yangi O‘zbekiston” massivi).
Manzili: Sh.Rashidov tumani “Oqtosh ota” MFY “Yangi O‘zbekiston” massivi.
Mo‘ljal: M39 avtomagistrali yoqasidagi yangi qurilgan uylar va binolar yonida.
Joylashuvi (geolokatsiya):
Navoiy viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Navoiy viloyati bo‘limi binosi.
Manzil: Navoiy shahri “Yoshlik” MFY hududida joylashgan Bilim va malakalarni baholash agentligi binosi .
Mo‘ljal: Yangi bozordan Narpay markaziga qarab yurishda metan gaz quyish shahobchasi yonida
Joylashuvi (geolokatsiya):
Samarqand viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo‘limining yangi binosi
Manzil: Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Kamolot” MFY Irteshar ges ko‘chasi 5-A uy.
Mo‘ljal: Samarqand shahri (super) kimyogarlar shaharchasi yaqinida joylashgan. Samarqand shahar 3-son texnikumi.
Tel: +998990916529
Joylashuvi (geolokatsiya):
Sirdaryo viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi binosi.
Manzil: Guliston shahri 4-mavze “Buyuk kelajak” massivi.
Joylashuvi (geolokatsiya):
Toshkent viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Toshkent viloyati bo‘limi binosi.
Manzil: Nurafshon shahri Nurafshon sity hududi “Yangiobod” (DOM) MFY Yangiobod ko‘chasi 35-uy.
Mo‘ljal: Toshkent viloyat Prokuratura binosining orqa tomoni.
Joylashuvi (geolokatsiya):
Toshkent shahri:
Imtihonning yozma qismi:
Joy nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-binosi (kirish Muqimiy teatri tomonidan)
Manzili: Toshkent shahri Chilonzor tumani I.Karimov ko‘chasi 49-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya):
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
Joy nomi: Bilimni baholash agentligi (oldingi Davlat test markazi).
Manzili: Toshkent shahri Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya):
