HEMIS tizimida 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar kontingentini shakllantirish boshlandi.
2026-yil 17-avgustdan HEMIS axborot tizimida 2026/2027-o‘quv yilida o‘qishga tavsiya etilgan talabalar ma’lumotlarini kiritish va talabalar kontingenti (miqdori)ni shakllantirish imkoniyati yaratildi.
Talabalar kontingentini shakllantirish uchun HEMIS tizimida quyidagi bosqichlarni amalga oshirish lozim:
- Ta’lim yo‘nalishini kiritish — agar avval kiritilmagan bo‘lsa;
- O‘quv rejasini shakllantirish;
- Akademik guruhlarni shakllantirish;
- “Darslarga ruxsat berish (qabul)” turidagi farmoyishni yaratish;
- Talaba anketasini kiritish va unda tegishli farmoyishni ko‘rsatish;
- Farmoyishga tegishli talabalarni biriktirish;
- Farmoyishni imzolash va bajarish.
Mazkur bosqichlar to‘liq bajarilgach, talaba 1-kurs 1-semestrining tegishli akademik guruhida “O‘qimoqda” maqomida aks etadi.
Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab HEMIS tizimiga faqat tegishli asosga — litsenziya, akkreditatsiya yoki qarorga ega bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlarini kiritish hamda o‘quv rejalarini faqat ruxsat etilgan ta’lim shakli va o‘quv yili bo‘yicha yaratish mumkin.
Avvalroq, HEMIS tizimida tyutorlar uchun alohida menyu va yangi hisobot tizimi joriy etilgani haqida xabar berilgandi.
