Vazirlik fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilayotgan shaxslardan ogohlantirdi

Vazirlik fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilayotgan shaxslardan ogohlantirdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yish, imtihon natijalarini o‘zgartirish yoki o‘qishni ko‘chirish kabi masalalarni pul evaziga hal qilib berishni va’da qilayotgan shaxslarga ishonmaslikka chaqirdi.

 

Avvalroq, Buxoro viloyatida fuqaroni Qozog‘istondagi oliy ta’lim muassasasida o‘qiganligi haqidagi qalbaki hujjatlarni tayyorlab, uni nodavlat tibbiyot universitetining 4-kursiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs 26 million so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

 

Mazkur holat yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi fuqarolarni ta’lim sohasidagi turli masalalarni “tanish-bilish” yoki pul evaziga hal qilib berishni taklif qilayotgan shaxslardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

 

Vazirlik munosabatiga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlari qonunchilikda belgilangan tartib va mezonlar asosida amalga oshiriladi. Xususan, davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalariga xorijiy oliygohlardan o‘qishni ko‘chirish BMBA tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalariga asosan amalga oshiriladi.

 

Fuqarolardan bunday takliflarga duch kelganda hushyor bo‘lish, shaxsiy ma’lumotlari va mablag‘larini bermaslik so‘raldi. Shuningdek, bunday holatlarga duch kelgan fuqarolardan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari tavsiya etildi.

 

Shuningdek, Toshkentda fuqaroni 4 500 dollar evaziga tibbiyot sohasidagi oliy taʼlim muassasasining 3-bosqichiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan shaxs 3 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ushlangani haqida xabar berilgandi.

 

Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin:

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni1006,

anticor@edu.uz elektron pochta.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish