Bugundan 2-mutaxassislikka kirish uchun ariza yuborish boshlandi (videoyo‘riqnoma)

Bugundan 2-mutaxassislikka kirish uchun ariza yuborish boshlandi (videoyo‘riqnoma)

Bugundan 2026–2027-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka onlayn hujjat topshirish boshlandi.

 

Bugun, 10-iyuldan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish uchun arizalar qabul qilish boshlandi.

 

Arizalar 10-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda qabul qilinadi.

 

Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

 

  • pasport va JShShIR ma’lumotlarini kiritish;
  • diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklash;
  • o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim tashkiloti hamda ta’lim yo‘nalishini tanlaydi.

 

Xorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

 

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari har bir oliy ta’lim tashkilotining ilmiy-pedagogik salohiyati hamda moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda, oliy ta’lim tashkilotining Kengashi tomonidan mustaqil belgilanadi.

 

Ma’lumot uchun, ikkinchi oliy ta’lim bo‘yicha o‘qitish to‘liq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.