Xususiy maktab va bog‘chaga to‘lov qilayotgan ota-onalar pulining bir qismini qaytarib olishi mumkin

Xususiy maktab va bog‘chaga to‘lov qilayotgan ota-onalar pulining bir qismini qaytarib olishi mumkin

Ko‘pchilik ota-onalar bilmaydigan muhim imtiyoz mavjud — xususiy maktab yoki bog‘cha uchun to‘langan mablag‘ning bir qismini davlat qaytarib beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Buning uchun qonunchilikda belgilangan tartibda daromad solig‘i imtiyozidan foydalanish lozim.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Farzandini xususiy maktab yoki bog‘chaga berayotgan ota-onalar to‘lovning bir qismini davlatdan qaytarib olishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu imkoniyat O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasida belgilangan bo‘lib, daromad solig‘i bo‘yicha beriladigan imtiyoz orqali amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur tartibga ko‘ra, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (xususiy bog‘cha) yoki xususiy maktab uchun har bir farzandga oyiga 3 million so‘mgacha to‘langan mablag‘ daromad solig‘i bazasidan chegirib tashlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Natijada ota-onaning ish haqidan ushlab qolinadigan 12 foizlik daromad solig‘i kamayadi va to‘lovning bir qismi oila byudjetida qoladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Masalan, ota-ona oyiga 5 million so‘m maosh olsa va farzandi uchun xususiy maktab yoki bog‘chaga 3 million so‘m to‘lasa, daromad solig‘i butun maoshdan emas, balki qolgan 2 million so‘mdan hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Buning natijasida oyiga 360 ming so‘m, bir yil davomida esa 4 million 320 ming so‘mgacha mablag‘ni tejash mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, ushbu imtiyoz 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi mavjud farzandlar kunduzgi parvarish markazlariga qatnaganda amalga oshiriladigan to‘lovlarga ham tatbiq etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunda ham har bir farzand uchun oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lov daromad solig‘idan ozod etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Imtiyozdan foydalanish uchun xususiy ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma, to‘lovni tasdiqlovchi hujjatlar hamda farzandning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi ish beruvchining buxgalteriyasiga taqdim etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Agar yil davomida ushbu imkoniyatdan foydalanilmagan bo‘lsa, ortiqcha to‘langan daromad solig‘ini yil yakunida soliq organlari yoki elektron soliq xizmatlari orqali deklaratsiya topshirish yo‘li bilan qaytarib olish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, xususiy bogʻchalar tashkil etgan tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi boʻyicha yengilliklar berilishi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠