My.maktab.uz platformasi orqali maktabga borish uchun navbatni xato belgilab qo‘yibman. Buni o‘zgartirish mumkinmi?

My.maktab.uz platformasi orqali maktabga borish uchun navbatni xato belgilab qo‘yibman. Buni o‘zgartirish mumkinmi?

My.maktab.uz platformasida maktabga borish uchun belgilangan navbatni oldindan o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas. Shuningdek, bolalarni umumta’lim maktabiga qabul qilishni rad etishga faqat ayrim holatlarda yo‘l qo‘yiladi.

 

Xabar berganimizdek, 2026/2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga elektron qabul jarayoni davom etmoqda. My.maktab.uz platformasi orqali navbatni o‘zgartirish va ariza qaysi holatlarda rad etilishi mumkinligi yuzasidan ota-onalarni qiziqtirayotgan savollarga MMTV tomonidan javob berildi.

 

Bu yil farzandim 1-sinfga chiqadi. My.maktab.uz platformasi orqali maktabga borish uchun navbatni xato belgilab qo‘yibman. Buni o‘zgartirish mumkinmi?

 

Belgilangan navbatni faqat uning sanasi va vaqti o‘tib ketganidan keyingina qayta belgilash mumkin. Ya’ni, agar maktabga borish uchun uchrashuv (navbat) tayinlangan bo‘lsa, uni oldindan o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas. Belgilangan muddat o‘tgach, yangi navbat olish yoki uni qayta belgilash mumkin bo‘ladi.

 

Qanday holatlarda 1-sinfga qabul uchun berilgan arizam rad etilishi mumkin?

 

Qabul komissiyasi quyidagi holatlarda bolani umumta’lim maktabiga qabul qilishni rad etishi mumkin:

 

– bolaning tibbiy ma’lumotnomasida umumta’lim maktabida ta’lim olishi tavsiya etilmagan bo‘lsa;

 

– bola tanlangan ta’lim tilida boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa;

 

– so‘rovnomada keltirilgan ma’lumotlarning noto‘g‘riligi aniqlansa.

 

Ta’kidlanishicha, mazkur holatlardan tashqari boshqa sabablarga ko‘ra bolani umumta’lim maktabiga qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Shuningdek, elektron qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun ota-onalar 71-203-07-04 va 71-203-04-03 telefon raqamlari orqali call-markazga murojaat qilishi yoki Telegram’dagi @mymaktabuz_bot orqali o‘z savollariga javob olishi mumkin.

 

Avvalroq, 1-sinfga qabul jarayonlaridagi kadastr muammolari bo‘yicha tezkor shtab tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.