AQShda avtomobil velosportchi talabalar guruhini urib yubordi: 2 nafar talaba halok bo‘ldi, 7 nafari jarohatlandi

AQShda avtomobil velosportchi talabalar guruhini urib yubordi: 2 nafar talaba halok bo‘ldi, 7 nafari jarohatlandi

AQShning Tennessi shtatida mashg‘ulot vaqtida velosiped haydab ketayotgan universitet talabalari guruhini avtomobil urib yubordi. Hodisa oqibatida ikki nafar talaba halok bo‘ldi, yana yetti nafari jarohatlandi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Joriy yilning 19-avgust kuni AQSHning Tennessi shtatida avtomobil velosipedchilar guruhiga urilishi oqibatida universitet velosport jamoasining ikki a’zosi halok bo‘ldi, yana yetti nafari jarohatlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda shtat rasmiylari ma’lum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xususiy oliygoh bo‘lgan Milligan universitetida 1 200 nafardan sal ko‘proq talaba tahsil oladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Universitet ma’lumotiga ko‘ra, uning 11 nafar velosportchisi ertalab mashg‘ulot uchun birgalikda yo‘lga chiqqan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ular universitet kampusidan taxminan 18 kilometr uzoqlikdagi, Appalachi tog‘lari etaklarida joylashgan Xempton shahrida avtomobil urib yuborishi oqibatida jarohatlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tuman prokurori Stiv Finni Shimoliy Karolina shtatida yashovchi 69 yoshli erkak hibsga olinganini ma’lum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Unga transport vositasidan foydalanib ehtiyotsizlik oqibatida odam o‘ldirish bo‘yicha ikki band hamda ehtiyotsizlik bilan transport vositasi orqali og‘ir tan jarohati yetkazish bo‘yicha besh band ayblov qo‘yilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Universitet prezidenti Stiven Uersning ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida universitetning ikkinchi bosqich talabalari — Illinoys shtatining Uintrap-Harbor shahridan Heylan Engdal va Alabama shtatining Xantsvill shahridan Breydon Rojers halok bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qolgan talaba-sportchilar yaqin atrofdagi Johnson City Medical Center tibbiyot markaziga olib ketilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Fargʻonada voyaga yetmagan haydovchi 3 nafar 10 yoshli qizni urib yuborgani, ulardan biri vafot etgani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠