2026-2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga mikrohudud doirasida qabul jarayonlari joriy yilning 20-iyunidan boshlangan. Qabul jarayonida kadastr bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha tezkor shtab faoliyati tashkil etildi. Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kadastr ma’lumotlar bazasini yagona tizim – UZKAD axborot dasturida birlashtirib, aholi va davlat idoralariga xizmat qiluvchi yagona tizim yaratilmoqda. Tizimlarni birlashtirish jarayonida ayrim ko‘chmas mulk obyektlari manzillari bo‘yicha “my.maktab.uz” platformasi bilan bog‘liq noaniqliklar kuzatilmoqda.
Shu kabi holatlarni bartaraf qilish maqsadida Respublika bo‘yicha tezkor shtab tashkil etildi.
Davlat kadastrlari palatasining xabariga ko‘ra, 1-sinfga qabul jarayonida kadastr bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan taqdirda @Dkpuz_bot telegram boti yoki 71-207-00-03, (ichki raqami 216, 211, 232), 99-849-70-02, 77-131-80-44 raqamlari orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.
Tezkor shtabning hududiy telefon raqamlari:
- Andijon viloyati: 74-224-20-25, 93-810-87-57
- Namangan viloyati: 69-233-27-33, 88-920-01-00
- Jizzax viloyati: 72-226-75-23, 93-307-87-35
- Toshkent viloyati: 71-502-02-07, 90-135-35-05
- Surxondaryo viloyati: 55-451-22-19, 93-220-62-96
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 61-224-91-02, 99-194-60-60
- Sirdaryo viloyati: 67-236-50-05, 97-218-01-17
- Qashqadaryo viloyati: 75-227-79-97, 98-444-70-17
- Xorazm viloyati: 62-224-67-04, 87-872-92-91
- Navoiy viloyati: 79-222-46-31, 94-145-60-45
- Buxoro viloyati: 65-221-01-88, 93-452-15-54
- Samarqand viloyati: 95-508-81-50, 97-405-02-94
- Farg‘ona viloyati: 73-229-02-07, 77-319-07-01
Shuningdek, xatolik tez fursatlarda va bepul bartaraf etilishini ma’lum qilingan.
Shu o‘rinda, fuqarolarni ro‘yxat (propiska)ga qo‘yish, o‘chirish yoki o‘zgartirish Kadastr idoralari vakolati doirasida emasligini qayd etish lozim.
