2026-yil yanvar–iyun oylarida bo‘lib o‘tgan Malaka toifa sinovlarida ishtirok etib sertifikatlarni qo‘lgan kiritgan talabgorlar uchun Sertifikatlarni generatsiya qilish boshlandi.
Talabgorlar sertifikatlarni “Pedagog” platformasidagi shaxsiy kabinetidan “Sertifikatlarim” bo‘limidan yuklab olishlari mumkin.
Shaxsiy kabinetingizni tekshirib turishingizni maslahat beramiz.
“Yagona davlat xizmatlari” portali orqali murojaat yuborganlar esa my.gov.uz portalidan ham yuklab olishi mumkin.
@talimxabarlarihisobbot yordamida ustama foizi va dars taqsimotini hisoblab ko’rishingiz mumkin.
Bundan oldin bahorgi attestatsiyada ishtirok etgan pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga attestatsiya yakunlari bo‘yicha tayyorlangan qaror loyihasi yuborilgandi.
Avvalroq 2026-yil 26-may va 2-iyun kunlari akademik litsey hamda kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun o‘tkazilgan attestatsiya natijalari tasdiqlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan 1-iyungacha pedagoglarning murojaatlari asosida jami 5 163 nafar pedagogga to’g’ridan-to’g’ri malaka toifasi berilgan.
