Oʻrindosh oʻqituvchilarga ta’til puli qanday hisoblanadi?

Oʻrindosh oʻqituvchilarga ta’til puli qanday hisoblanadi?

O‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlar, jumladan pedagoglar ham mehnat ta’tili va ta’til puli olish huquqiga ega. Amaldagi tartibga ko‘ra, ta’til puli o‘rindoshlikdagi ish haqi hamda ishlangan davrdan kelib chiqib hisoblanadi.

 

Juda koʻp pedagoglar oʻz ish joyidan tashqari boshqa joyda oʻrindoshlik asosida mehnat faoliyatini olib boradi va taʼtilga chiqayotganda albatta ularda savol tugʻiladi: oʻrindosh ishlovchi o’qituvchilarga taʼtil pullari toʻlanadimi?

 

Vazirlar Mahkamasining 297-sonli “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 16-bandida Oʻrindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga har yilgi asosiy, shuningdek oʻrindoshlar haqli boʻlgan qoʻshimcha taʼtillar asosiy ish joyidagi har yilgi mehnat taʼtili bilan bir vaqtda beriladi. Birinchi ish yilida olti oy ishlagan oʻrindoshlarning mehnat taʼtiliga, shuningdek ishning keyingi yillari uchun mehnat taʼtiliga oʻrindoshlik asosidagi ishning oʻrtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq toʻlanadi. Yaʼni xodimga oʻrindoshlik ish joyidan taʼtil va taʼtil puli toʻlanadi.

 

Bu jarayon qanday amalga oshiriladi?

 

Agar oʻrindoshlik asosida ishlashning birinchi ish yilida xodim olti oydan kam ishlagan boʻlsa, u holda oʻrindoshlik asosidagi ishda taʼtil uchun ishlangan vaqtga proporsional haq toʻlanadi. Bilasiz xodimda taʼtil olish huquqi u ish joyida 6 oy ishlagandan keyin vujudga keladi. Biroq agar xodimning oʻrindoshlik asosidagi ishga kirganiga 6 oy boʻlmagan boʻlsa, biroq asosiy ish joyidan taʼtilga chiqsa, ish beruvchi unga 6 oyga toʻlmagan boʻlsa taʼtil berisha va ishlagan davriga mutanosib tarzda haq toʻlashga majbur.


Agar xodimning oʻrindoshlik joyidagi mehnat taʼtili qisqa boʻlsa, qanday tartibga solinadi?

 

Asosiy ish joyi boʻyicha haq toʻlanadigan mehnat taʼtilining davomiyligi oʻrindoshlik asosidagi ish haqi toʻlanadigan mehnat taʼtilining davomiyligidan ortiq boʻlsa, u holda ish beruvchi oʻrindoshning iltimosiga koʻra unga oʻrindoshlik asosidagi ish haqi toʻlanadigan taʼtildan tashqari asosiy ish boʻyicha haq toʻlanadigan taʼtilning qancha davom etishi bilan oʻrindoshlik asosidagi ish haqi toʻlanadigan taʼtilning tafovutini tashkil etuvchi kunlar uchun ish haqi saqlanmaydigan taʼtil berishga majburdir.

 

Avvalroq, soatbay dars beradigan pedagoglar uchun ta’til puli toʻlanmasligi haqida xabar bergan edik.