Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun soatbay haq toʻlash miqdorlari tegishli vazirliklarning qarori bilan belgilangan. Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilariga soatbay haq toʻlash miqdoriga mehnat taʼtili puli ham kiritilgan boʻlib, shu sababli ularga alohida taʼtil toʻlovi hisoblanmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 10-apreldagi 3-2019, 19-qq va 15-2019-qq-son qarori bilan tasdiqlangan ʼʼOʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisidaʼʼ gi qaroriga muvofiq, umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich va yuqori sinflari oʻqituvchilari, oʻqituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri Mehnatga soatbay haq toʻlash miqdori bazaviy lavozim maoshlariga nisbatan 1.20 foizda haq toʻlanadi.
Yuqoridagi qarorga muvofiq soatbay haq toʻlash miqdori tarkibiga mehnat taʼtili haqi kiritilgan. Yaʼni xodim soatbay haq olayotganda shu haqning ichida taʼtil puli ham boʻladi degani. Shunga koʻra, ularga taʼtil puli hisoblanmaydi.
Avvalroq, pedagoglarning taʼtil puliga ustamalar ham qoʻshib hisoblanishi haqida xabar bergan edik.
