Qaysi olimpiada ishtirokchilari oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz qabul qilinadi?

Qaysi olimpiada ishtirokchilari oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz qabul qilinadi?

Fan olimpiadalari markazi tomonidan OTM ga kirishda imtiyoz beradigan fan olimpiadalari roʻyxati taqdim qilindi. Nufuzli xalqaro olimpiadalar gʻoliblari davlat oliy taʼlim muassasalariga test va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinadi. Mintaqaviy va boshqa xalqaro olimpiadalar gʻoliblariga esa mutaxassislik fani boʻyicha maksimal ball beriladi.

 

Fan olimpiadalari markazi ishtirokchilari oliy taʼlim muassasalariga imtihonsiz qabul qiladigan fan olimpiadalari roʻyxatini maʼlum qildi.

 

Unga koʻra, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada gʻoliblariga davlat OTM lariga test sinovlari va qoʻshimcha imtihonlarsiz kirish imtiyozi beriladi:

 

– International mathematical olympiad (IMO);

 

– International physics olympiad (IPHO);

 

– International chemistry olympiad (ICHO);

 

– International biology olympiad (IBO);

 

– International olympiad in informatics (IOI).

 

Yuqorida sanalgan nufuzli olimpiadalardan boshqa xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda gʻolib boʻlgan oʻquvchilarga test sinovisiz oʻqishga kirish huquqi berilmaydi. Ammo davlat oliygohlariga kirish imtihonlarida mutaxassislik fani boʻyicha maksimal ball olish huquqini beruvchi sertifikat taqdim etiladi.

 

Masalan, oʻquvchi kimyo fanidan boshqa xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda oltin, kumush yoki bronza medallarini qoʻlga kiritsa, kimyo fanidan maksimal ball beriladi. Agar kimyo kimyo birinchi mutaxassislik fani boʻlsa — 93 ball, ikkinchi mutaxassislik fani boʻlsa — 63 ball beriladi.

 

Avvalroq, maktab oʻquvchilari oʻrtasida robototexnika va sunʼiy intellekt olimpiadasini oʻtkazish rejalashtirilyotgani haqida xabar bergan edik.