189 ballga olib kelgan tizim: Mexmonxonov kurslari o‘quvchisi 5 ta fandan sertifikat olib, muddatidan oldin talaba bo‘ldi

189 ballga olib kelgan tizim: Mexmonxonov kurslari o‘quvchisi 5 ta fandan sertifikat olib, muddatidan oldin talaba bo‘ldi

Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan Mexmonxonov tayyorlov kurslari yana bir yuqori natijani qayd etdi. Ushbu kurs o‘quvchisi Ibroximov Raxmatulla Ne’matullo o‘g‘li 5 ta fandan milliy sertifikat olib, 189 ball bilan muddatidan oldin talabalikka erishdi. U Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash ishi yo‘nalishida tahsil olishni maqsad qilgan. Bu natija esa oddiy tayyorgarlik emas, balki tizimli yondashuv, qat’iy intizom va to‘g‘ri yo‘naltirilgan o‘quv muhiti samarasidir.

 

Hammasi bitta qarordan boshlandi

 

Qahramonning aytishicha, uning muvaffaqiyati Mexmonxonov tayyorlov kursiga kelganidan keyin aniq maqsadga aylangan. Aynan shu yerda ustozlar tomonidan milliy sertifikat olish g‘oyasi taklif etilib, unga bosqichma-bosqich yo‘l-yo‘riq berilgan.

 

“Mexmonxonov tayyorlov kursiga ilk kelganimda, ustozlarim sertifikat olish bo‘yicha taklif berishgan”, — deydi u.

 

Bu esa kursda abituriyentlar faqat test ishlash bilan emas, balki strategik tayyorgarlik orqali natijaga olib borilishini ko‘rsatadi.

 

Natijani tizimga aylantirgan markaz

 

189 ballga olib kelgan tizim: Mexmonxonov kurslari o‘quvchisi 5 ta fandan sertifikat olib, muddatidan oldin talaba bo‘ldi

 

15 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Mexmonxonov tayyorlov kurslari abituriyentlarni oliy ta’limga tayyorlashda o‘ziga xos tizim shakllantirgan.

 

Mazkur markazda:

 

– har yili abituriyentlarning 94–95 foizi talaba bo‘ladi;

– o‘quvchilarning katta qismi aynan tibbiyot yo‘nalishlariga kiradi;

 

– yuzlab o‘quvchilar milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritadi.

 

Kurs rahbari Mansurbek Mexmonxonov kimyo fanlari bo‘yicha PhD ilmiy darajasiga ega bo‘lib, ilmiy va amaliy tajribani o‘quv jarayoniga joriy qilgan. Shu bois bu yerda tayyorgarlik oddiy repetitorlik emas, balki aniq metodika asosida olib boriladi.

 

“Kimyo va biologiyaga 1 yildan ortiq vaqt ajratdim”

 

Raxmatulla tibbiyot yo‘nalishini tanlaganidan so‘ng asosiy e’tiborni kimyo va biologiya fanlariga qaratgan. Bu fanlar bo‘yicha uzoq muddatli tayyorgarlik olib borilgan.

 

“Asosiy fanlarga — kimyo va biologiyaga 1 yildan ortiq vaqt tayyorlandim. Majburiy fanlarga esa 3–4 oy vaqt ajratdim”, — deydi u.

 

Bu yondashuv o‘quvchiga fanlarni chuqur o‘zlashtirish va imtihonlarda ishonch bilan ishlash imkonini bergan.

 

Eng samarali usul — reja asosida tayyorgarlik

Tayyorgarlik jarayonida o‘quvchi kurs ustozlari tomonidan ishlab chiqilgan qo‘llanmalar va test materiallaridan foydalangan.

 

“Kimyodan Mexmonxonov Mansurxon ustozimizning 20 ta variantlik kitoblari va qo‘llanmalaridan, biologiyadan esa Nasriddinov Fayzullo ustozning kitoblari va darsliklaridan foydalandim”, — deydi abituriyent.

 

Shuningdek, u eng samarali usul sifatida vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va reja asosida ishlashni ko‘rsatadi.

 

“Eng samarali usul — vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va reja asosida tayyorgarlik ko‘rish. Bu borada ustozlarimdan maslahat olib turdim.”

 

Gadjetlarsiz muhit va ustozlar qo‘llovi

 

189 ballga olib kelgan tizim: Mexmonxonov kurslari o‘quvchisi 5 ta fandan sertifikat olib, muddatidan oldin talaba bo‘ldi

 

Imtihon savollari kutilganidek murakkab bo‘lgan va ayniqsa vaqtni taqsimlash oson kechmagan.

 

“Savollar qiyin edi va ozgina qiyinchilik tug‘dirdi. Qiynalgan jihatim — vaqtni taqsimlash bo‘ldi”, — deydi o‘quvchi.

 

Shu sababli u test strategiyasiga amal qilishni tavsiya qiladi: avval oson savollarni ishlash, qiyinlarini esa oxirga qoldirish.

 

Shuningdek, uning aytishichga, qat’iy tartib va psixologik tayyorgarlik natijaga xizmat qilgan.

 

Mexmonxonov kurslarida joriy etilgan qat’iy tartib, ayniqsa gadjetlardan foydalanishning cheklanishi o‘quvchiga katta yordam bergan.

 

“Gadjetlar kursda taqiqlangani menga juda qo‘l keldi. Agar taqiqlanmaganda, balki buncha tez natijaga erishmas edim”, — deydi u.

 

Shuningdek, tayyorgarlik davomida yuzaga kelgan tushkunlik holatlarida ustozlar qo‘llab-quvvatlovi muhim rol o‘ynagan.

 

“Boshida past natijalardan tushkunlik bo‘ldi. Ammo ustozlar ko‘magi bilan bu tezda bartaraf etildi.”

 

Bu esa kursda bilim bilan birga psixologik tayyorgarlik ham muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.

 

Hozirda Raxmatulla rus tilini o‘rganishni boshlagan va kelajakda o‘z sohasi bo‘yicha xorijda malaka oshirishni rejalashtirmoqda.

 

U tengdoshlariga esa aniq maslahat beradi:

 

“Gadjetlarni cheklash, qat’iy reja asosida o‘qish va yengilmaslik kerak.”

 

Shuningdek, u maktablarda qiziqishi bor o‘quvchilar bilan alohida ishlash va milliy sertifikatlarga tayyorgarlik uchun sharoit yaratish zarurligini ta’kidlaydi.

 

O‘quv markazi bilan bog‘lanish:

 

+998952000990

+998952000330

 

Manzil: Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani

 

Google xaritadagi manzilimizga quyidagi havola orqali ulanasiz.