Joriy yildan Toshkentdagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga qabul boshlanadi

Joriy yildan Toshkentdagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga qabul boshlanadi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etilmoqda. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-2027-o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘z faoliyatini boshlaydi.

 

Ushbu maktabga 6 yoshli bolalar maktabga tayyorlov guruhiga, shuningdek, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7-sinflar uchun oʻquvchilar belgilangan kvota doirasida qabul qilinadi.

 

Eslatma! Avvalroq agentlik tarkibida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablar haqida ma’lumot bergan edik.

 

Quyida yangi tashkil qilinayotgan ixtisoslashtirilgan maktablar ro’yxati keltirilgan:

 

 Buxoro viloyatida – Romitan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;

Fargʻona viloyatida – So‘x tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;

Jizzax viloyatida – Mirzacho‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;

Samarqand viloyatida – Toyloq tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi;

Sirdaryo viloyatida – Xovos tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;

Toshkent viloyatida – Toshkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.