Samarqanddagi xususiy bog‘chada tarbiyachi bolaga musht tushirgani aytilmoqda

Samarqanddagi xususiy bog‘chada tarbiyachi bolaga musht tushirgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, tarbiyachi bolaning boshiga musht tushirayotgani aks etgan video ortidan Samarqanddagi xususiy bogʻcha faoliyati tekshiruvga olindi. Holat yuzasidan masʼullar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi xususiy bogʻchada tarbiyachi qizlardan birining boshiga musht tushirgani aks etgan video tarqaldi. Maʼlum qilinishicha, voqea Urgut tumanidagi “Koʻzmunchoq” nomli xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir boʻlgan.

 

Holat yuzasidan viloyat MMTB rasmiy munosabat bildirdi. Unga koʻra, mazkur holat Samarqand viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.

 

“Mazkur holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda atroflicha oʻrganiladi. Oʻrganish yakunlariga koʻra qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi” — deyiladi xabarda.

 

 

Avvalroq, Samarqanddagi bogʻchada 1 yosh-u 9 oylik bola kaltaklangani haqida xabar bergan edik.

 

Shuningdek, viloyatning Toyloq tumanida vasiy ayol pul undirish maqsadida 7 va 8 yoshli qizlarga tazyiq oʻtkazgan va holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.