Davlat oliy ta’lim muassasalarining 2025-yilgi daromad va xarajatlari ma’lum qilindi

Davlat oliy ta’lim muassasalarining 2025-yilgi daromad va xarajatlari ma’lum qilindi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda davlat oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy holati turlicha shakllangan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ma’lumotga ko‘ra, barcha universitetlarning umumiy daromadi 12 trln so‘m bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Xarajatlar esa qariyb 300 mlrd so‘mga ko‘proq bo‘lib, 12,3 trln so‘mni tashkil qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

2025-yilda eng ko‘p daromad qilgan universitet Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bo‘lib, 909 mlrd so‘m bilan yetakchi o‘rinni egallagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Shu bilan birga, u xarajatlar bo‘yicha ham birinchi o‘rinda bo‘lib, yil davomida 886,2 milliard so‘m sarflagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ushbu oliygoh talabalar soni bo‘yicha ham mamlakatda yetakchi hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston Milliy universiteti (650 milliard so‘m), undan keyin esa Qoraqalpoq davlat universiteti (571,2 milliard so‘m) egallagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Sof foyda ko‘rsatkichlarida esa Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti yetakchi bo‘lib, 77,7 milliard so‘m foyda ko‘rgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Keyingi o‘rinlarda Qarshi davlat texnika universiteti (57,8 milliard so‘m) va Andijon davlat texnika instituti (33,8 milliard so‘m) qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shuningdek, eng katta zarar Navoiy davlat pedagogika institutida kuzatilib, 93,8 milliard so‘mni tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Shuningdek, Qo‘qon davlat pedagogika instituti ham 73,7 milliard so‘m zarar bilan keyingi o‘rinda turadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Barcha oliygohlarning moliyaviy ko‘rsatkichlari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq, O‘zbekistonda nechta oliygoh va talaba borligi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠