O‘qituvchilar onlayn platformada ro‘yxatdan o‘tishga majburlanyaptimi?

O‘qituvchilar onlayn platformada ro‘yxatdan o‘tishga majburlanyaptimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchilarni ayrim onlayn platformada ro‘yxatdan o‘tishga majburlanayotganligi haqida xabarlar tarqaldi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xususan, LinkedIn tarmog‘idagi foydalanuvchilardan biri o‘qituvchilarni ayrim onlayn platforma orqali ro‘yxatdan o‘tishga majburlanayotganligini yozgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Unga ko‘ra, o’qituvchilardan platformaga obuna bo‘lish va u orqali test topshirish talab etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bir martadan ortiq urinish esa pullik ekani aytilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, u maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidagi tizimning eskirganligini ham tanqid qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“E shu tizim baribir juda eski.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yangilash kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘zidan bir pog’ona lavozimi baland odamning noto‘g‘ri buyruqlariga umrida qarshi chiqolmagan, nima desa qilib ketavergan rahbar, aslida rahbar emas…” — deya yozadi LinkedIn foydalanuvchisi Ismoil A’zamov.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ta’lim sohasi bo‘yicha mutaxassis Komil Jalilov ushbu holatga quyidagicha munosabat bildirgan:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oʻzbekistonda biznes qilish qiyin, deyishadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yoʻq, biznes qilish oson – agar kerakli tashkilotlarda tanishlar boʻlsa.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tayyor mijozlarni topib berishadi – reklamaga ham, mahsuloting yoki xizmatingni raqobatchilarnikidan yaxshiroq qilishga ham mablagʻ sarflab oʻtirmaysan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Agar kerakli joylarda odamlaring boʻlsa, mijozlarni sening mahsulotingdan foydalanishga majburlab berishadi — deya izoh bildirgan Jalilov.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hozircha mazkur masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlarning rasmiy munosabati e’lon qilinmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan pedagog xodimlarni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish qatʼiyan taqiqlanganligi haqida xabar berilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠