Yana bir surxondaryolik o‘quvchi 5 ta fandan milliy sertifikat olib, muddatidan oldin 189 ballni naqd qildi

Yana bir surxondaryolik o‘quvchi 5 ta fandan milliy sertifikat olib, muddatidan oldin 189 ballni naqd qildi

Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani 1-son texnikumi o‘quvchisi Xayrullayeva Latofat Bahromali qizi 5 ta fandan milliy sertifikatni muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Muddatidan oldin 189 ball to‘plagan Latofat tibbiyot yo‘nalishiga grant asosida o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

U kimyo hamda biologiyadan A, tarix, matematika fanlaridan C hamda o‘zbek tili va adabiyot fanidan B darajadagi milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Talimxabarlari.uz sayti muxbiri mazkur o‘quvchi bilan uning tayyorgarlik jarayoni va kelajak rejalari haqida suhbatlashdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bir nechta milliy sertifikatlar sohibasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti davolash ishi fakultetiga o‘qishga kirishni maqsad qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Sertifikat olish g‘oyasi 9-sinfligimda paydo bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tayyorgarlik jarayoni mashaqqatli bo‘lgan boʻlsa ham, ideal ustozlar bilan birgalikda ishlash –  qiyinchiliklarni yengishda yordam berdi”.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Fanlar bir-biriga bog‘liq, shuning uchun vaqtni tejash mumkin”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Latofat asosiy fanlar bo‘yicha tayyorgarlikni 1,5–2 yil, majburiy fanlar uchun esa 2–5 oy davomida olib borgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ U darsliklar, repetitorlar va test to‘plamlaridan foydalanganini aytadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Fanlar zanjir kabi: masalan, matematikani yaxshi bilgan odam kimyo va fizika fanlarida ham qiynalmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu esa vaqtni tejashga yordam beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, faqat reja asosida vaqtimni o‘tkazdim, shu sabab barchasiga ulgurardim,” — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘quvchi tayyorgarlikni eng samarali usullaridan biri — vaqtni behuda sarflamasdan takrorlash ekanligini bildirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ya’ni har kunlik qo‘shimcha o‘qishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarini daftarga yozib, uni intizom bilan bajarish unga yordam bergan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Har kunlik qo‘shimcha ma’lumotlarni daftarga yozib, uni intizom bilan takrorlashim natijaga chiqishimda yordam berdi,” — deya qo‘shimcha qiladi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Uyqu rejimim buzilmagan, asta-sekin o‘zimni moslashtirdim”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Har bir o‘quvchi oliy ta’lim muassasasiga kirish oldi darslari ko‘p lekin vaqti oz bo‘lgani sabab uyqudan qisman voz kechadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mazkur o‘quvchi esa o‘z sog‘lig‘ini o‘ylagan holatda uyquni to‘g‘ri taqsimlashga harakat qilgan:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Uyqu rejimim buzilmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ya’ni asta-sekin oʻzimni koʻniktirib borganman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Masalan, qancha ko‘p ovqatlansak oshqozonimiz kengayadi, kam ovqatlanaveradigan bo‘lsak, kichrayib boradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Miyamiz ham xuddi shunday: agar miyamiz oldin 8 soat uxlab yaxshi dam olgan bo‘lsa, uni asta-sekin ko‘niktirsak 4 soatda ham miyamiz yaxshi dam oladi”, – deydi Latofat.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Test savollarini osonidan murakkablariga qarab yeching”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Imtihonlarga tayyorgarlik jarayonida Latofat savollarni yechish strategiyasini quyidagicha tushuntiradi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Testdagi savollarni osonidan murakkablariga qarab yechishni boshlash kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ya’ni zinama-zina holatida.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Eng muhimi, diqqatni bir joyga qoʻyib ishlash kerak, chunki savollarda chalgʻitadigan joylari talaygina boʻladi”.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Imtihon jarayonida savollar darajasi u kutgandan deyarli osonroq boʻlgan, faqat berilgan vaqtda topshiriqlarni bajarish biroz qiyin kechganini ta’kidladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Maqsadga erishish uchun zararli odatlardan voz kechish kerak”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Inson oʻz oldiga maqsad qoʻygandan keyin uni amalga oshirish uchun boshqa zararli narsalardan voz kechishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Agar oʻzini boshqara olmasa, telefonda koʻp foydalanadigan funksiyalarini ma’lum vaqtlik qilib qoʻysa boʻladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Agar oʻsha vaqtdan koʻp foydalansa, bu funksiya qulflanib qoladi”.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, u intizom va izlanish muvaffaqiyatning asosiy sharti deb biladi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Sertifikatga tayyorlanayotgan har bir o‘quvchi ustozlarining aytganlarini bajarishini, “izlagan imkon topar,izlamagan bahona” deganlaridek har xil bahonalar qilmasliklarini, intizom va tirishqoqlik bilan oʻqib izlanishlarini maslahat bergan bo‘lardim”.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“..o‘ziga kerak fanlarda qatnashishi kerak”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Latofatning fikricha, maktabda o‘quvchilar o‘z yo‘nalishlariga mos fanlarda qatnashsa samarali bo‘ladi, ayniqsa katta sinf o‘quvchilari uchun:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Har bir katta sinf o‘quvchisi barcha fanga emas, faqat tanlagan yo‘nalishi uchun kerak bo‘ladigan fanlarda qatnashishini ta’minlash kerak deb o‘ylayman”.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Suhbat yakunida Latofat ayni kunlarda nimalar bilan shug‘ullanayotganiga qiziqdik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Uning aytishicha, hozirda darsdan tashqari kitoblarni mutolaa qilib, rus tilini oʻrganmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Latofatni o‘qishlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, muddatidan avval talaba bo‘lgan Farg‘ona viloyatidagi maktabning 11-sinf o‘quvchisi Isojonov Farruxjon bilan suhbatlashgan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Intervyuni o‘qish⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠