O‘zbekistonlik o‘quvchilar Kavkaz matematika olimpiadasida 7 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Kavkaz matematika olimpiadasida 7 ta medalni qo‘lga kiritdi

Adigeya Respublikasi, Maykop shahrida Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosimida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yuqori natijalar qayd etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Fan olimpiadalari markazi xabar berdi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

XI Kavkaz matematika olimpiadasi 2026-yil 13–18-mart kunlari Maykop shahrida o‘tkazildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Xalqaro darajada o‘tkazilgan ushbu olimpiadada 7 nafar O‘zbekiston terma jamoasidan iborat o‘quvchilar 2 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza — jami 7 ta medalni qo‘lga kiritgan:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

  • Abdulaziz Radjabov (senior)  — Toshkent shahar IMA Al-Xorazmiy IMI o‘quvchisi — oltin medal,
  • Elshod Oʻralov (senior) — Termiz shahar 14-sonli maktab o‘quvchisi  — oltin medal,
  • Ashrafjon Ravshanov (junior) — Kattaqo‘rg‘on tuman 1-IDUM o‘quvchisi — kumush medal,
  • Rasulbek G‘afforov (senior)  — Toshkent shahar IMA al-Xorazmiy IM o‘quvchisi — kumush medal,
  • Dostonbek Rahmonqulov (junior)— Sirdaryo viloyati ITMA IM o‘quvchisi — bronza medal,
  • Fayzulloh Toxirov (junior) — Toshkent shahar IMA al-Xorazmiy IM o‘quvchisi — bronza medal,
  • Muhammadfotih Murodov (junior) —  Karakul international school o‘quvchisi — bronza medal.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq ushbu olimpiada mintaqaviy xalqaro olimpiadalar ro’yxatiga kiritilgan bo‘lib, g‘olib o‘quvchilar va ularning ustozlari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Olimpiada haqida

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Olimpiada tashkilotchilari — Adigeya Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi, Adigeya davlat universiteti huzuridagi Kavkaz matematika markazi hamda “Matema” ta’limda yangi texnologiyalar markazi notijorat hamkorligi hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Unda Rossiyaning janubiy hududlari va xorijiy davlatlardagi umumta’lim muassasalarining 8–11-sinf o‘quvchilari, shuningdek, hududiy va milliy olimpiadalar g‘oliblari ishtirok etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ishtirokchilar ikki toifaga bo‘linadi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Yoshlar ligasi — 8–9-sinf o‘quvchilari;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Kattalar ligasi — 10–11-sinf o‘quvchilari.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Musobaqa dasturi faqatgina tanlovdan iborat bo‘lmay, ishtirokchilar uchun Adigeya tabiati, tarixi va madaniy an’analari bilan tanishish, matematika va tabiiy fanlarga oid ilmiy-ommabop ma’ruzalar, shuningdek, turli madaniy, dam olish va sport tadbirlarini ham o‘z ichiga oladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠