“Maqsadim aniq bo‘lgani uchun ortga chekinmadim” — surxondaryolik milliy sertifikat sohibasi bilan suhbat

“Maqsadim aniq bo‘lgani uchun ortga chekinmadim” — surxondaryolik milliy sertifikat sohibasi bilan suhbat

Surxondaryo viloyati Angor tumani 2-sonli umumta’lim maktabining 11-“A” sinf o‘quvchisi Musurmonkulova Iroda Anvarovna ona tili va adabiyot fanidan ‘‘A’’ darajadagi, matematikadan ‘‘C’’ darajadagi, tarixdan esa ‘‘C+’’darajadagi milliy sertifikatni hamda ingliz tili fanidan ‘‘B2’’ darajadagi chet tili sertifikatlarini qo‘lga kiritdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ O‘quvchi qiz Talimxabarlari.uz muxbiriga bergan intervyusida tayyorgarlik jarayoni, duch kelgan qiyinchiliklari va o‘z tajribasi haqida gapirib berdi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Suhbat boshida undan qaysi oliygohga hujjat topshirmoqchi ekanligi haqida so‘radik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Uning aytishicha, u O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga hujjat topshirishni rejalashtirmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Kelajakda esa tarjimonlik yoki xalqaro kommunikatsiya yo‘nalishida faoliyat yuritishni maqsad qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Sertifikat olish g‘oyasi qachon paydo bo‘lgan?” degan savolga u quyidagicha javob berdi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Sertifikat olish g‘oyasi menda 8–9-sinfligimda paydo bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Dastlab bu oddiy maqsad edi, keyinchalik esa jiddiy reja darajasiga chiqdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Tayyorgarlik jarayoni bosqichma-bosqich kechdi: avval grammatikani mustahkamladim, keyin esa testlar va turli practice’lar orqali bilimimni oshirdim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu jarayonda ustozim Yulduz Mamadiyevaning hissasi katta bo‘ldi. – dedi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Ba’zan kuniga 8–10 soatgacha dars qilganman”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Uning aytishicha, tayyorgarlik muddati fanlarga qarab farq qilgan bo‘lsa-da, kamida 5–6 oy vaqt ajratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Shu bilan birga, ayrim kunlari 8–10 soatgacha dars qilganini ham yashirmadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu borada ustozi Qalandarov Xumoyunning “Maqsad aniq bo‘lsa, ko‘proq o‘qish kerak” degan tavsiyasi unga katta turtki bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

U eng samarali usul sifatida bilimlarni qayta-qayta takrorlashni alohida ta’kidladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Men asosan offline tarzda tayyorlandim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Maktab darsliklari, repetitor darslari, onlayn platformalardagi videodarslar va testlardan, shuningdek IELTS tipidagi materiallardan foydalandim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ammo meningcha, eng samarali usul — bu olingan bilimlarni muntazam takrorlash – dedi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Savollar qiyin edi, lekin tushunish hammasini osonlashtiradi”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Uning fikricha, savollar yetarlicha murakkab bo‘lgan, biroq savolni to‘g‘ri tushunish va bilimdan to‘g‘ri foydalanish orqali bu qiyinchiliklarni yengish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

U dastlab vaqtni to‘g‘ri taqsimlashda qiyinchiliklarga duch kelganini tan oldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Biroq ota-onasi va ustozlarining qo‘llab-quvvatlashi orqali bu muammoni yengib o‘tganini aytdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Rostini aytsam, vaqtni to‘g‘ri taqsimlashda qiyinchiliklar bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Biroq ota-onam va ustozlarimning yordami bilan bu muammoni yengib o‘tdim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Tayyorgarlik davrida uyqu rejimim ham ancha buzildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Kamida 5 oycha  “night owl“ bo’ldim, vaholanki bu mashaqqatlar vaqtinchaligini bilardim – deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Tayyorgarlik davomida tushkunlik bo‘ldimi?” degan savolga u ijobiy ruhda javob berdi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Yo’q.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Tushkunlik holati kuzatilmadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Chunki maqsad sari ildam qadam bosgan odam ko’nglida, unga erisha olmaslik tushunchasiga yo’l bo’lmaydi, – dedi o‘quvchi qiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

‘‘Testda yuqori ball olish uchun qanday xatolardan qochish kerak?’’ degan savolga u quyidagicha javob berdi:

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Savollarni to’g’ri tushunish va uni bir necha bor o’qish eng birinchi uddalashim kerak bo’lgan topshiriq edi, – dedi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Iroda telefonni chalg‘ituvchi vosita emas, balki to‘g‘ri foydalanilganda yordamchi sifatida ko‘rishini aytdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ U yangi mavzudan so‘ng telefon orqali testlar topib, bilimini mustahkamlab borganini ta’kidladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Suhbat yakunida u tengdoshlariga murojaat qildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Irodaning aytishicha, eng muhim narsa — tanlangan maqsadni oxirigacha yetkazish.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Qiyinchiliklar bo‘lishi tabiiy, ammo ular insonni kuchliroq qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Maqsadni tanlaganda uni oxirigacha yetkazishni kanda qilmang.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ba’zida qiyinchilik bo’ladi, o’qishga bo’lgan qiziqish yo’qoladi ( past natijalar, ko’p xatolar sabab ), lekin bular sizni yanada kuchli qilishini va boshida maqsadingiz nima bo’lganini unutmang, – dedi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Iroda maktablarda nazariy bilim bilan birga ko‘proq amaliy mashg‘ulotlarga e’tibor qaratish kerakligini, o‘quvchilarni qiziqtirib o‘qitish muhimligini ta’kidladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Menimcha, maktablarda faqat nazariyani o‘qitib qo‘ymasdan, ko‘proq amaliy mashg‘ulotlar qilish kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ O‘quvchilarni majburlab emas, qiziqtirib o‘qitish muhim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Har kimning darajasi har xil bo‘ladi, shuni hisobga olib yondashilsa yaxshi bo‘lardi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Yana imtihonga yaqinroq tizimda tayyorlashsa, o‘quvchilarga ancha oson bo‘lardi, – deya fikrini yakunladi o‘quvchi qiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Musurmonkulova Irodaga kelgusi o‘qishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani 20-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi Ahmedova Guljahon bilan milliy sertifikatga tayyorgarlik jarayoni, muvaffaqiyat sirlari va tengdoshlariga tavsiyalari haqida suhbatlashgan edik.
Ushbu maqolani quyidagi havola orqali o‘qib ko‘rishingiz mumkin: Havola⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠