“Maqsad sari qat’iyat bilan intilsangiz, har qanday cho‘qqini zabt etish mumkin” — milliy sertifikat sohibasi bilan suhbat

“Maqsad sari qat’iyat bilan intilsangiz, har qanday cho‘qqini zabt etish mumkin” — milliy sertifikat sohibasi bilan suhbat

Milliy sertifikat imtihonlarida yuqori natija qayd etayotgan o‘quvchilar soni yildan yilga ortib bormoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bunday muvaffaqiyat ortida esa uzoq muddatli mehnat, to‘g‘ri rejalashtirilgan vaqt va kuchli motivatsiya yotadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Farg‘ona viloyati Beshariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ergasheva Muxlisaxon ham ana shunday qat’iyatli yoshlar qatorida.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ U bilan milliy sertifikatga tayyorgarlik jarayoni, muvaffaqiyat sirlari va tengdoshlariga tavsiyalari haqida suhbatlashdik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Qaysi oliygoh va yo‘nalishga hujjat topshirmoqchisiz?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Men Ergasheva Muxlisaxon, Farg‘ona viloyatidagi Beshariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisiman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Mening eng katta orzum va asosiy maqsadim — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) talabasi bo‘lish.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Sertifikat olish g‘oyasi qachon paydo bo‘lgan va tayyorgarlik jarayoni qanday kechdi?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Sertifikat olish g‘oyasi menda 9-sinfligimda paydo bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Yuqori sinf o‘quvchilarining erishgan natijalariga havas qilganman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shu havas asta-sekin maqsadga aylandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Maqsad sari intilish natijasida ilk jiddiy yutug‘imga 10-sinfdayoq erishishga muvaffaq bo‘ldim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Har bir fandan sertifikat uchun qancha muddat tayyorlandingiz?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Har bir fanning murakkablik darajasidan kelib chiqib vaqtimni quyidagicha taqsimladim:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Matematika — 6 oydan ko‘proq (eng ko‘p mehnat va vaqt talab qilgan fan)⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ingliz tili — 3 oy⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ona tili — qariyb 1 oy⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Tarix — 3 hafta⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Men uchun eng qiyin fan ona tili bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Eng oxirgi imtihonni ham shu fandan topshirdim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ba’zan fikrim kelmas, yozishda qiynalardim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Juda ham qiyin bo‘lgan, lekin oxir-oqibat kutganimdan ham yuqori natijaga erishdim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Tayyorgarlikda siz qo‘llagan eng samarali usul qaysi?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Test yechish paytida men dunyodan butunlay uzilaman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Hech qanday chalg‘ituvchi omilga — shovqin yoki telefonga joy qoldirmayman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ O‘zimni xuddi haqiqiy imtihonda o‘tirgandek tasavvur qilaman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bu usul diqqatni maksimal darajada jamlashga yordam beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Test savollari qanchalik qiyin bo‘ldi?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Savollar mantiqiy va chuqur bilim talab qiladigan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Tayyorgarligim yaxshi bo‘lgani uchun kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelmadim, lekin har bir savolga maksimal diqqat bilan yondashdim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Bir vaqtning o‘zida maktab darslari va sertifikat tayyorgarligiga qanday ulgurdingiz?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Men uchun asosiy qoida — vaqtni filtrlash.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Samarasiz o‘tgan har qanday vaqtni o‘zimga dushman deb bilaman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Maktab darslari va sertifikatga tayyorgarlikni muvozanatda ushlash uchun har bir soatimni aniq rejalashtirdim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Tayyorgarlik paytida uyqu rejimi qanday bo‘ldi?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Men uyquni kanda qilmayman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Tunda uxlamay dars qilib yutuqqa erishdim desa kimdir, men bunga hayron qarayman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Chunki uyquni yaxshi ko‘raman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Uyqum kelganda o‘zimni majburlab dars qilmayman, dam olaman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bu miyaga keyingi kun uchun yangi kuch beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Sifatsiz uyqu miyani charchatadi va samarali bilim olishga to‘sqinlik qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bundan tashqari, sog‘liq uchun ham zararli.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Tayyorgarlik jarayonida tushkunlikka tushgan paytlaringiz bo‘ldimi?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Albatta, bunday paytlar bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shunda ota-onamning xursandchiligini va 10 yildan keyingi muvaffaqiyatli kelajagimni tasavvur qilib, o‘zimga motivatsiya berganman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Atrofdagi salbiy gap-so‘zlarga e’tibor bermaslikni o‘rgandim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Psixologik tayyorgarlik ham juda muhim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Testda yuqori ball olish uchun qanday xatolardan qochish kerak?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Eng katta xatolar — vaqtni noto‘g‘ri taqsimlash va shoshqaloqlik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ko‘pincha savolni oxirigacha o‘qimay xato qilganman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Keyinchalik bu ustida ishladim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Hozir qo‘llaydigan usulim — savolni oxirigacha diqqat bilan o‘qish va chalg‘ituvchi variantlarni darhol chiqarib tashlash.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Telefon va ijtimoiy tarmoqlar sizni chalg‘itdimi?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Telefon — iroda masalasi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Men undan ko‘pincha onlayn darslar uchun foydalandim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Boshida chalg‘igan paytlarim bo‘lgan, lekin buni tushungan zahotim keraksiz tarmoqlardan voz kechdim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Telefonni ilm uchun ishlatsangiz — eng yaqin do‘st, maqsadsiz ishlatsangiz — eng katta dushmandir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Milliy sertifikat olishni istagan tengdoshlaringizga qanday maslahat berasiz?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Eng muhim maslahat: befoyda narsalarga vaqt sarflamang, o‘z maqsadingiz yo‘lida qat’iy turing.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Muntazamlik va o‘ziga ishonch har qanday cho‘qqini zabt etishga yordam beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Siz kabi yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar sonini ko‘paytirish uchun maktablarda nimani o‘zgartirish kerak deb o‘ylaysiz?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— O‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish va har bir yutuqni munosib rag‘batlantirish kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bundan tashqari, nazariya bilan birga real imtihon muhitini his qildiruvchi mock (sinov) testlarini ko‘proq tashkil etish foydali bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Abdurazzoqova Kumush Oybek qizi ham bir nechta fanlardan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritib, muddatidan avval talaba bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Avvalroq, u bilan bo‘lib o‘tgan suhbatni ham e’lon qilgan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠