“IELTS 7.0 – bu faqat boshlanishi”: qarshilik 7-sinf o‘quvchisi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi

“IELTS 7.0 – bu faqat boshlanishi”: qarshilik 7-sinf o‘quvchisi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 7-sinf oʻquvchisi Olimova Dilnur Obid qizi xalqaro IELTS imtihonidan 7.0 ballni qoʻlga kiritdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu natija bilan u maktabda tengdoshlari orasida bunday natijani qayd etgan ilk o‘quvchi bo‘ldi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

IELTS imtihonining turli qismlaridan quyidagicha natija koʻrsatgan:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Listening — 8.0⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Reading — 7.0⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Writing — 6.0⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Speaking — 7.5⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Overall: 7.0 (C1)⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Talimxabarlari.uz sayti muxbiri ayrim savollarga javob oldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Dilnur Olimova IELTS imtihoniga tayyorgarlik jarayoni, qiyinchiliklar va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— IELTS topshirish g‘oyasi qachondan paydo bo‘lgan?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

IELTS olish fikri dastlab men uchun aziz bo‘lgan buvijonlarim — Barno buvim va Gulchehra buvim tufayli paydo bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Sababi, ular oliygohda birga tahsil olishgan, mutaxassisliklari fransuz tili.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu maktab-internatga kelganimdan keyin ustozlarim ham bu fikrlarimni qo‘llab-quvvatlab, menga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ular meni IELTS imtihoniga qiziqtirishdi va bilimimni sinab ko‘rishimni tavsiya qilishdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— IELTS imtihoniga qancha vaqt tayyorlandingiz?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dilnurning aytishicha, u IELTS imtihoniga 2025-yil oktyabr oyidan boshlab tayyorlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

IELTS imtihoniga 2025-yilning oktyabr oyidan boshlab tayyorlandim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Boshlang‘ich tushuncham yaxshi bo‘lganligi sababli deyarli 6 oy davomida yaxshi natijaga erishdim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bu davrda u har kuni ingliz tilini o‘rganish uchun aniq reja asosida ishlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— Kunlik o‘quv rejimingiz qanday edi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Men shunchaki ko‘p soat o‘tirmasdan vaqtimni uch qismga bo‘lganman:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ertalab — miyaning eng faol vaqtida “Writing” va “Reading” kabi diqqat talab qiladigan bo‘limlar ustida ishlardim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Kunduzi — “Listening” testlarini ishlash va lug‘at boyligimni oshirish bilan shug‘ullanardim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Kechqurun — eng muhim qismi shu edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Men shunchaki test yechib qo‘ymasdim, balki qilgan xatolarimni oxirigacha tahlil qilib, “Nima uchun bu javobni tanladim?” degan savolni o‘zimga berardim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— Siz uchun eng qiyin bo‘lim qaysi bo‘ldi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Men uchun eng qiyin bo‘lim “Writing” edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Chunki bu bo‘limda shunchaki ingliz tilini bilish kifoya qilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Sizdan fikrlarni mantiqiy ketma-ketlikda ifodalash, akademik lug‘atdan foydalanish va eng muhimi — vaqtni to‘g‘ri taqsimlash talab qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— Qaysi manbalardan foydalandingiz?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Birinchi navbatda, mening natijamda ustozlarim Safarova Zuhra va Rashidova Mohichehraning hissasi juda katta.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ular menga IELTS imtihonining nozik jihatlari va har bir bo‘lim uchun kerakli strategiyalarni o‘rgatishdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ustozlarim bergan bilimlar bilan bir qatorda, IELTS Liz va IELTS Advantage kabi xalqaro platformalardan qo‘shimcha ma’lumotlar olib turdim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Albatta, Cambridge IELTS seriyasidagi rasmiy test kitoblari ustida muntazam ishladim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— “Listening” va “Speaking” bo‘limlarida yuqori ball olish uchun qanday usullardan foydalandingiz?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Har kuni ingliz tilidagi podkastlar (masalan, 6 Minute English), YouTube videolar va TED nutqlarini tingladim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunda eng muhimi turli aksentlarni (Britaniya, Amerika, Avstraliya) tushunishga harakat qilish.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Speaking uchun esa, qo‘rquvni yengish va ravon gapirish muhim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Men ko‘p vaqtimni ko‘zgu oldida gapirish va ovozimni yozib qayta eshitishga sarfladim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, ustozim Rashidova Mohichehra bilan muntazam muloqot qilib, ulardan “feedback” olish nutqimni yaxshilashga yordam berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— Listening testida yuqori ball olish siri nimada?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Listening testida yuqori ball olish siri — faqat quloq bilan emas, balki ko‘z va miya bilan ham ishlash.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Eng asosiysi, diqqatni bir soniyaga ham yo‘qotmaslik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Agar bitta savolni o‘tkazib yuborsangiz, uni unutib, darhol keyingisiga o‘tish kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— Tayyorlanish davomida motivatsiya pasaygan paytlar bo‘lganmi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Albatta, bunday holatlar bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ayniqsa, bir necha hafta davomida qattiq tayyorlanib, “mock-test” natijalari ko‘ngildagidek chiqmaganida o‘zimga bo‘lgan ishonchim pasayardi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shunda “Nega natijam o‘smayapti?” degan savol meni qiynardi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Men katta maqsad bilan birga kichik maqsadlar ham qo‘yardim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Masalan, bugun Writing’da bitta yaxshi gap tuzish yoki Listening’da 2 ta ko‘proq savolga to‘g‘ri javob berganim ham men uchun g‘alaba edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Eng asosiysi, men “Nima uchun bu yo‘lni boshladim?” degan savolni o‘zimga berardim va kelajakdagi maqsadlarimni ko‘z oldimga keltirib, yana davom etardim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— Sizningcha, IELTS imtihonida eng ko‘p uchraydigan xatolar qaysilar?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ko‘p talabalar vaqtni noto‘g‘ri taqsimlash yoki savol shartini diqqat bilan o‘qimaslik sababli xatoga yo‘l qo‘yishadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— Kelajakdagi rejalaringiz qanday?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Albatta, IELTS’dan Band 7 olishim – bu faqat boshlanishi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mening asosiy maqsadim — dunyoning TOP universitetlaridan biriga to‘liq grant asosida qabul qilinish.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hozirda menda til sertifikati bor, shuning uchun keyingi bosqichda akademik natijalarimni yanada yaxshilash va ijtimoiy loyihalarda qatnashishni rejalashtirganman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

— IELTS topshirmoqchi bo‘lgan o‘quvchilarga qanday maslahat berasiz?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘z ustingizda ishlash juda muhim, ammo to‘g‘ri yo‘nalish beradigan ustoz bo‘lmasa, vaqt yo‘qotish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Men o‘z natijam uchun ustozlarimdan juda minnatdorman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ular menga to‘g‘ri strategiyani o‘rgatishdi va bu natijaga erishishimga katta yordam berishdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dilnurni o‘qishlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, IELTS 7.5 va SAT 1410 darajali xalqaro sertifikatlar sohibasi 11-sinf oʻquvchisi Jumaboyeva Ziyoda bilan suhbatlashgan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠