Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha yangi o‘rinbosari Ilhom Siradjev faoliyatiga nazar

Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha yangi o‘rinbosari Ilhom Siradjev faoliyatiga nazar

Kecha, 16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Ilhom Siradjev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠  Bunga qadar ushbu lavozimda faoliyat olib borgan Hilola Umarova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z vazifasini tark etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bugun, 17-fevral kuni Prezident qarori bilan Hilola Uktamovna Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining pedagogik taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ilhom Siradjev 2006–2017-yillarda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda Toshkent shahar o‘quvchilar texnik ijodiyot markazida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu davrda u ta’lim tizimining hududiy boshqaruvi, o‘quvchi-yoshlarning texnik ijodiyotini rivojlantirish va tashkiliy jarayonlarni takomillashtirish yo‘nalishlarida ishlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2017–2023-yillarda u Xalq ta’limi vazirligi tizimida quyidagi mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • Bosh iqtisodchi;
  • Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshlig‘i;
  • Moliyaviy tahlil va rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i;
  • Moliya departamenti direktori.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2025-yil sentyabr oyida u Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasiga loyiha koordinatori etib tayinlangan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Keyinchalik mazkur yo‘nalish bo‘yicha rahbar o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ilhom Siradjev pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, u “Ta’limda menejment” yo‘nalishi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Uning ilmiy ishlari ta’lim boshqaruvi, strategik rivojlantirish, moliyaviy menejment va ta’lim tizimida samaradorlikni oshirish masalalariga bag‘ishlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ijtimoiy tarmoq faoli Isroil Tillaboyev Ilhom Siradjev haqida quyidagicha yozadi: ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ilxom Siradjev xalq taʼlimi tizimida uzoq yillar davomida ishlab kelgan, muhimi taʼlimni iqtisodiy tomonlarini ikir-chikirigacha biladigan, taʼlimdagi katta iqtisodiy islohotlarni bevosita islohotchilaridan biri boʻlgan juda bilimli, zamonaviy yosh kadr.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Siradjevning bu yoʻnalish «kuratori» boʻlib tayinlanishi meni quvontirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Muhimi, Sherzod Shermatov bilan birgalikda ishlagan paytlari vazir oʻrinbosari Temur Komilovlar bilan yelkama-yelka katta iqtisodiy islohotlarni taʼlim tizimiga olib kirgan kadr sifatida qayd etib oʻtishni joiz deb bildim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ilhom Siradjev ta’lim sohasiga doir qator xalqaro loyihalar va seminarlar ishtirokchisi hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Xususan, u Xitoyda tashkil etilgan, turli davlatlarning ta’lim ekspertlari uchun mo‘ljallangan “Strategik rejalashtirish, raqamli transformatsiya, xalqaro hamkorlik va samarali boshqaruv” yo‘nalishidagi xalqaro seminar ishtirokchisi bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠