Hilola Umarova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi: uning o‘rniga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Hilola Umarova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi: uning o‘rniga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Hilola Umarova Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lum qilinishicha, u boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasini tark etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Uning o’rniga esa Ilxom Toxirovich Siradjev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bungacha u 2025-yil sentabr oyidan beri Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimida ishlab kelayotgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ilxom Toxirovich Siradjev 2006-2017-yillarda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, Toshkent shahar o‘quvchilar texnik ijodiyot markazida turli vazifalarda, 2017-2023-yillarda Xalq ta’limi vazirligi bosh iqtisodchisi, Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshlig‘i, Moliyaviy tahlil va rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i, Moliya departamenti direktori lavozimlarida mehnat qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

U dunyodagi qator davlatlar taʻlim ekspertlari uchun Xitoyda tashkil etilgan “Strategik rejalashtirish, raqamli transformatsiya, xalqaro hamkorlik va samarali boshqaruv” yoʻnalishidagi xalqaro seminar hamda taʼlimga doir ko‘plab xalqaro loyihalar ishtirokchisi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), “Taʼlimda menejment’’ yo‘nalishi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga ega.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠