UniRank–2025: O‘zDJTU 1-o‘rinni qanday qo‘lga kiritdi? Mas’ullar bilan suhbat

UniRank–2025: O‘zDJTU 1-o‘rinni qanday qo‘lga kiritdi? Mas’ullar bilan suhbat

2025-yilgi UniRank xalqaro reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mamlakatdagi 80 ta oliy ta’lim muassasasi orasida onlayn faollik bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Jahon miqyosida esa universitet 14 mingdan ortiq OTM orasida 2 038-pog‘onani qayd etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Mazkur reyting har olti oyda dunyoning qariyb 200 ta davlatidagi universitetlarning internetdagi ko‘rinishi va veb-faolligini tahlil qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Natijalar beshta asosiy veb-metrika asosida shakllantiriladi: rasmiy sayt mashhurligi, domen nufuzi, tashqi havolalar soni, veb-trafik hamda ijtimoiy tarmoqlardagi faollik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, Telegram, Instagram, Facebook va YouTube platformalarida joylashtirilgan kontent sifati, sahifalarga tashriflar soni hamda qidiruv tizimlaridagi ko‘rinish ko‘rsatkichlari ham inobatga olinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shu munosabat bilan Talimxabarlari.uz muxbiri universitet matbuot kotibi Otabek Ibragimov hamda xalqaro reytinglar bo‘limi boshlig‘i Bekzod Nishanaliyev bilan suhbatlashdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Suhbatda media va kommunikatsiya siyosati hamda reyting natijalarining xalqaro imijga ta’siri muhokama qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Universitet matbuot kotibining ta’kidlashicha, jarayonlarga faqat tizimli yondashish orqali bunday natijaga erishish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bu borada u shunday deydi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

— Jamoatchilik o‘rtasida universitet imijini oshirish uchun rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga ularning har biridagi o‘ziga xoslikdan kelib chiqqan holda yondashish juda muhim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bunda bir necha tildagi kontent, xalqaro yangiliklar va jamoatchilik bilan ishlash mexanizmlarini tizimli yo‘lga qo‘yish hal qiluvchi ahamiyatga ega.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Birgina misol, biz bu natijalarni ko‘zlagan vaqtda Instagram sahifamiz atigi 13 ming obunachiga ega edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bugungi kunda esa bu ko‘rsatkich 56 mingdan oshdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

‘‘UniRank” reytingida erishilgan natijalar xorijiy hamkorlar bilan muzokaralarda real argument bo‘la oladimi, degan savolga Otabek Ibragimov quyidagicha javob berdi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

— Bugungi kunda har bir hamkor universitet o‘zining xalqaro brendiga mos sherik izlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Reyting natijalari esa ishonchni tezlashtiradi, chunki zamonaviy akademik diplomatiyada reyting – bu reputatsion kapital.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Xorijiy universitetlar bilan muzokaralarda biz nafaqat ilmiy salohiyatimizni, balki QS (“Lingvistika” yo‘nalishi bo‘yicha TOP 251), THE (“Ta’lim sifati” yo‘nalishi bo‘yicha dunyoda 30-o‘rin, “Gender tengligi” yo‘nalishida 201–300) kabi reytinglardagi natijalarimizni ham taqdim etamiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

“UniRank” esa universitetimizning raqamli ochiqligi va global ko‘rinishini tasdiqlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Universitetning 11 fakulteti, Angren filiali, sport kafedrasi va Yoshlar ittifoqi tashkiloti faoliyatini yoritishda Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari volontyor sifatida jalb qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ular fakultet hayotini muntazam yoritadi, Telegram kanallarini boshqaradi va muhim xabarlarni markaziy platformalarga uzatadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

UniRank–2025: O‘zDJTU 1-o‘rinni qanday qo‘lga kiritdi? Mas’ullar bilan suhbat
Arxiv: Universitet media jamoasi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Muhim xalqaro uchrashuvlar va tadbirlar uchun alohida muxbirlar, fotograflar, operatorlar va mobilograflar tayinlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Har bir voqea vaqt rejimida yoritilib, video-intervyular tayyorlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shu orqali rektor va xorijiy mehmonlarning fikr-mulohazalari tezkor tarzda ijtimoiy tarmoqlarga yetkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

— Bizda axborot yetkazish emas, professional kontent ishlab chiqish tizimi shakllangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shu sababli universitet nafaqat akademik maydonda, balki media makonda ham faol va raqobatbardosh, – deya ta’kidlaydi matbuot kotibi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

2024–2025 yillarda universitet xalqaro hamkorlik borasida sezilarli o‘sishga erishdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Xalqaro reytinglar bo‘limi boshlig‘i Bekzod Xayrullayev “UniRank” reytingining ahamiyatini quyidagicha izohladi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

— Hamkorliklarning dastlabki bosqichi ko‘pincha internet orqali shakllanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Universitet haqidagi ma’lumotlarning ochiq va tizimli bo‘lishi xorijiy OTMlar uchun muhim omil hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Qayd etilishicha, hozirda 36 ta davlatdagi 252 ta oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan, 2024–2025 yillarda xalqaro loyihalar soni ortgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Joriy o‘quv yilida universitetda 87 nafar xorijiy mutaxassis dars bermoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shundan 24 nafari DSc va PhD darajasiga ega, 21 nafari esa xorijdan maosh oladigan volontyorlardir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

O‘zDJTU shuningdek, bir qator nufuzli xalqaro reytinglarda ham qayd etilgan: THE Impact Rankings 2025 (BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari), QS Rankings by Subject (Linguistics) 251–300-o‘rinlar oralig‘ida, UI GreenMetric World University Ranking 569-o‘rin va RUR (Round University Ranking) TOP-1000 talikdan joy olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠